O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr
1. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini
tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil.300 b.
2.Tadjiyeva
Z.G.,Abdullayeva
B.S.,Jumayev
M.E.,Sidelnikova
R.I.,Sadikova
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 198 b.
3. Saidova M, Dilova N, Abdullayeva B, ” Ta’limda multimedia texnogiyalardan
foydalanish”.Toshkent “O‘qituvchi” 2021 yil.166 b.
4. Saidaova G, Yusufzoda Sh, Yarashov M, ” Matematika o‘qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.102 b.
5. Hakimova M, ”Matematika o‘qitish metodikasi” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021
yil.93 b.
Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Oʻzbekiston mustaqillikga erishgandan buyon yurtimizda barcha sohada juda
katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda, jumladan ta’lim sohasida ham xavas, qilsa arzigulik natijalarga
erishib kelmoqdamiz. Bularning barchasi sobiq birinchi prezidentimiz Islom Karimov va hozirda
amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyiyev tashabbusi, qo‘llab quvvatlashi va eng asosiysi
sharoitlar yaratib berayotganligida va albatta yoshlarga katta ishonch bildirganligidadir.
O‘quvchilarning yutuqlari o‘qituvchilarning mahoratiga bog‘liq. O‘quvchilarning bilim va
malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu
maqsadda o‘qituvchilar o‘ratsida yil o‘qituvchisi nominatsiyasi, o‘quvchilar o‘rtasida bilimlar
bellashuvi, olimpiadalar o‘tkaziladi.O‘quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi
monitoring o‘tkazib boriladi, va natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS,
TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan
98
boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
tashkil etilgan. Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan
muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Oʻzbekiston
TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini
Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy
taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Shu maqsadda O‘zbekiston ham TIMSS-2023 xalqaro
dasturida qatnashishga kirishdi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy
tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq
Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi
huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi. IEA
rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib,
Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining
matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu
tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf
oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini
solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda
maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni,
taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq
omillari oʻrganiladi. TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-
yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi
Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturning
24yillik faoliyati davomida unga qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda,
jumladan 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu
koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. O‘zbekiston ham 8-
davriylikda yuqori natijaga erishib chet davlatlarda oldingi o‘rinlarda turish niyatida matematika va
tabiiy fanlarga e’tiborni anchayin kuchaytirdi, zero prezident maktablariga imtihon matematika va
chet tillaridan bo‘lganligi va bu maktabga eng salohiyatli, o‘ta bilimli, malakali kadrlarni saralab
olinishi so‘zimiz isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida
uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini
kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini
takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga
xizmat qiladi.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida
taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”
2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash
boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim
sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: PIRLS –
boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash; TIMSS – 4-
va 8-sinf o‟quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‟nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; TALIS –
rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini
hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish; PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish,
matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Ushbu loyihalar
oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay
olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga
turtki berishga xizmat qiladi. Ma‟lumotlar to‘plashning uchinchi o‘n yilligi va yettinchi davriylikni
boshlagan TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - bu to‘rtinchi va
99
sakkizinchi sinflarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha keng joriy qilingan xalqaro baholash
dasturi. TIMSS tadqiqoti doirasida birinchi baholash 1995- yilda o‘tkazilgan va har to‘rt yilda
takrorlangan: 1999, 2003, 2007, 2011, 2015, 2019. TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlari
ketma-ketligining eng oxirgisidir. 60 ga yaqin mamlakat global kontekstda o‘z ta‟lim tizimining
samaradorligini monitoring qilishda TIMSS trend ma‟lumotlaridan foydalanadi va har bir
davriylikda TIMSS tadqiqotiga yangi davlatlar qo‘shiladi.
Matematika va tabiiy fanlarni baholash bo‘yicha TIMSS tadqiqoti ta‟lim
samaradorligini monitoring qilishda qimmatli manba hisoblanadi, chunki, odatda, STEM deb
nomlanadigan tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika o‘quv dasturining asosiy
yo‘nalishlaridir. Shubhasiz, hatto bugungi kunda ham ko‘pgina ish o‘rinlari uchun matematika va
tabiiy fanlardan asosiy tushunchalarga ega bo‘lish talab qilinadi va bu kelajakda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmaydi. STEM kasblarida ishlaydiganlar ochlikka qarshi kurash va yashash
joylarining yo‘qolishi kabi dunyo muammolariga yechim topish, shuningdek, global iqtisodiyotda
o‘sish va barqarorlikni qo‘llab quvvatlashga mas‟uldirlar. Shuningdek, matematika va tabiiy fanlar
kundalik hayotning asosi hisoblanadi. Tabiiy fanlar - bu tabiat, jumladan, bizning ob-havo, yer va
suv, oziq-ovqat va yoqilg„i manbalarimiz. Matematika bizga kundalik vazifalarni bajarishga
yordam beradi va biz tayanadigan kompyuter, smartfon, televizor kabi texnologiyalarni yaratishda
muhim ahamiyatga ega. Boshlang‟ich sinf o‘quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga
tayyorlash ayni vaqtda muhim hodisa. Agar Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini TIMSS xalqaro
baholash dasturiga tayyorlash samarali tashkil etilsa;
•
Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini TIMSS
xalqaro baholash dasturiga tayyorlash usul va vositalari faollashtirilsa;
•
O‘qituvchi ta’lim
jarayonida ijodiy ishlab, matematika va tabiatshunoslik darslarida hayotiy misollar, mantiqiy
tushunchalardan o‘rinli foydalanilsa, o‘quvchilarning o‘quv-bilim faoliyat samarali bo‘ladi. 60 dan
ortiq mamlakatlar о’quvchilarining bilim, kо„nikma, malakalari darajasini aniqlashning global
resursi jahonning eng ilg„or tajribasi asosida ishlab chiqilgan. TIMSS yordamida о„quvchilarning
ta‟limiy yutuqlari: bilish, qо’llash, mulohaza yuritish baholanadi. “Bilish” bо’limi о’z ichiga
matematikadan masalalar yechishni olgan bо„lib, masalalar yechish о„quvchilardan sonlarning
xususiyatlari va oddiy geometrik jismlar haqidagi nazariy bilimlar, ta’riflarni takroran aytib berish,
standart grafik va diagrammalardan ma’lumot olishni о’z ichiga qamrab oladi. О’quvchilar tabiiy
fanlardan alohida organizmlar va obyektlarning xususiyatlari, hodisa va jarayonlar, tabiiy-ilmiy
atamalar va о’lchov birliklari haqidagi bilim darajasini namoyish etishlari kerak. “Qо’llash” ga oid
test topshiriqlarini bajarishda о’quvchilar hayotiy vaziyatlarni о’zida aks ettiradigan matematik va
tabiiy-ilmiy masalalarni yechish, jadval, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qilish, tajribalarni
о’tkazish kо’nikmalarini namoyish etishlari zarur. “Mulohaza yuritish”ga oid topshiriqlar
о’quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash malakalarini aniqlaydi. Mulohaza yuritishni talab
etadigan masalalar taklif etilayotgan vaziyatning yangiligi, savolning murakkabligi, yechish
bosqichlari sonining kо’pligi, turli bо„limlardan bilimlarni integratsiyalashning zarurligi bilan bir-
biridan farqlanishi mumkin.
TIMSS & PIRLS xalqaro o‘rganish markazining TIMSS 2019ni ishlab
chiqish, amalga oshirish va natijalarini hisobot qilish uchun foydalanilgan usul va tartiblar haqidagi
texnik hisobotda (Maykl O. Martin, Matias fon Davier va Ina V.S. Mullislar) TIMSS 2019 ga
o‘tishning dastlabki bosqichi bo‘lgani uchun turli xil texnik qiyinchiliklar mavjud edi. eTIMSSga,
qariyib yarim mamlakatlar baholashni kompyuter orqali boshqaradi, qolgan mamlakatlar esa qog‘oz
va qalam formatidan foydalanadi. Shunday qilib, TIMSS 2019 baholash va soʻrovnomalari “e” va
qogʻoz formatlarida ishlab chiqildi va boshqariladi. Keyinchalik, yutuqlarni masshtablashtirishga
ko‘p qirrali yondashuv TIMSS shkalasi bo‘yicha har ikkala mamlakatlar to‘plami uchun
taqqoslanadigan tendentsiyalar haqida hisobot berishga imkon berdi. TIMSS 2019 muvaffaqiyati
barcha ishtirokchilarga, jumladan, TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, IEA Amsterdam,
IEA Gamburg, Statistics Canada hamda ishtirokchi mamlakatlardagi Milliy tadqiqot koordinatorlari
va ularning jamoalariga berilgan hurmatdir. 2023-yilda IEA va TIMSS & PIRLS xalqaro oʻquv
markazi toʻrtinchi va sakkizinchi sinflarda TIMSS (Xalqaro matematika va fanlarni oʻrganish
tendentsiyalari) sakkizinchi siklini oʻtkazib, oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlar boʻyicha
100
yutuqlari boʻyicha qariyb 30 yillik trend maʼlumotlarini taqdim etadi. TIMSS 2023 TIMSS ning
TIMSS 2019 bilan boshlangan raqamli baholashga o‘tishini yakunlaydi, bu texnologiya maktablar
va jamiyatda keng qo‘llanilishini aks ettiradi. TIMSS 2023 baholashlari oʻquvchilarni
ragʻbatlantiradigan va raqamli muhitdan foydalanadigan yangi va jozibador element formatlari,
interfaol xususiyatlar hamda ssenariy asosidagi muammolarni hal qilish va soʻrov vazifalarini oʻz
ichiga oladi. Shuningdek, TIMSS tadqiqotida o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki vasiylari,
o‘qituvchilari, maktab direktorlaridan ularning uydagi va maktabdagi faoliyati hamda matematika
va tabiiy fanlarni o‘rganishdagi shart-sharoitlar haqidagi so‘rovnomalarni to‘ldirishlari so‘raladi.
So‘rovnomalar puxta ishlab chiqilgan qamrov doirasiga muvofiq holda tuziladi, u TIMSS milliy
tadqiqot koordinatorlari va TIMSS so‘rovnoma savollarini ko‘rib chiqish qo‘mitasining xalqaro
ekspertlari tomonidan takroriy ko‘rib chiqishlar orqali har bir baholashda yangilanadi. Ushbu
so‘rovnomalardan olingan ma‟lumotlar ta‟limni yaxshilash yo‘llarini taklif eta oladigan va muhim
masalalarni ko‘tara oladigan ta‟lim siyosati va amaliyotlarining amalga oshirilishi haqida tasavvur
hosil qiladi. TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish dinamikalarini muntazam baholashga, mazmun sohasi
va ta’lim olish uchun kontekstlarda paydo bo‘ladigan muammolarga e’tibor qaratiladi hamda
samarali usul va faoliyat ishtirokchi mamlakatlarda ta‟limga oid qarorlarni qabul qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish to‘g‘risida olingan ma‟lumotlar bilan
kontekstli so‘rovnomalar shkalalari birgalikda quyidagi maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin:tizim
darajasidagi o‘zlashtirish dinamikalarini global kontekstda monitoring qilish;TIMSS tadqiqotlari
natijalaridan ta‟lim siyosatini yurituvchilarni xabardor qilish va yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan
siyosatning samaradorligini monitoring qilishda foydalanish; Past natija ko‘rsatayotgan har qanday
hududlarni aniqlash va o‘quv dasturlarini isloh qilishni rag„batlantirish; o‘tgan davriylikdagi
to‘rtinchi sinf kogortasi keyingi davriylikda sakkizinchi sinfda qanday ishlashini kuzatish; uy va
maktabda ta’lim olish va ta’lim berish sharoitlariga bog‘liq holda o‘quvchilarning matematika va
tabiiy fanlarni o‘zlashtirishlari haqidagi muhim ma’lumotlarni olish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida
PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab
qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy
markazi tashkil etilgan.
Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti (OECD) Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)
tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari
oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash
PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini
baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan.
Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA
tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish
uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi
masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining
dastlabki roziligiga erishildi.
IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini
aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi.
Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi
rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston
kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar
yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat
yaratib berilishi haqida maʼlum qildi.
101
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf
oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash
dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar
boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni
aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha
berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar
salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar
har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-
davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi
TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq
davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH,
Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning
taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini
baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS
xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik
darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.
PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida
oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda
matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi
deb aytish mumkin.
Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan
mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar
natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga
nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy
fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani
va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning
mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston
matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi,
agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni
oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi
bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi.
Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda
mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar
Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash
tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |