www.ziyouz.com kutubxonasi
212
va uning uchun shahar barpo etiladi, yana Alloh taolo unga nomai a’molini o‘ng
tomonidan beradi", dedilar".
501. Jobir (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Farzandlarni yaxshi ko‘rish do‘zaxdan pardadir. Ular bilan birga ovqatlanish do‘zaxdan
panoh topish va ularga ikrom ko‘rsatish jannatga o‘tishga ruxsatnomadir».
Alloh biluvchiroqdir.
________________
Ahli ayolga nafaqa qilish bobi hadislari 488-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan.
489-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
490-hadis. Sahih. Ahmad, Asbahoniy rivoyat qilgan.
491-hadis. Sanadi topilmadi.
492-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, rivoyat qilgan.
493-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
494-hadis. Zaif.
495-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
496-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Shaybo rivoyat qilgan.
497–501-hadislar. Sanadi topilmadi.
QIRQ UCHINCHI BOB QO‘L OSTDAGILARNING RIOYASI HAQIDA 502. Ato ibn Yasor aytadilar: "Abu Zarr (r.a.) xizmatkorining yuziga urdilar. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallamga bu haqda shikoyat qilishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: "Namoz o‘qiydigan xizmatkorlaringizning yuziga urmanglar, o‘zlaringiz
yeydigan narsadan ovqatlantiringlar va o‘zlaringiz kiyadigan kiyimdan kiydiringlar. Agar
ulardan shubha qilsalaringiz, sotib yuboringlar".
Omir Sha’biy (r.a.) rivoyat qiladi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning
sahobalaridan biri xotinidan suv so‘radilar. Xotini cho‘risini chaqirdi. Cho‘ri sekin kelgan
edi, xotini uni zinoga oid so‘z bilan so‘kdi. Sahobiy: "Ogoh bo‘l, sen unga qiyomat kunida
dushman bo‘lasan yoki sen aytgandek shohidlik beradigan to‘rtta shohid keltirasan",
dedi. Xotini bu so‘zlarni eshitib cho‘rini ozod qildi. Sahobiy keyin: "Bu ishing gunohing
kafforatiga yaqin bo‘ldi", dedi".
503. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qul
birodarlaringizni Alloh taolo sizlarning qo‘l ostingizda qilib qo‘ydi. Kimning birodari qo‘l
ostida bo‘lsa, o‘zi yegan ovqatdan yedirsin, o‘zi kiygan kiyimdan kiydirsin. Ularni
toqatlari ko‘tarmaydigan narsalarga buyurmasin, agar buyursanglar, ularga yordam
beringlar".
504. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
"Quliga yomonlik qiluvchi jannatga kirmaydi. Ularni farzandlaringizni ikrom qilgandek,
ikrom qilinglar va o‘zlaringiz yeydigan ovqatdan yediringlar", dedilar Nabiy sollallohu
alayhi vasallam. "Bizga dunyoda nima foydali?" deb so‘radim. "Allohning yo‘lida harakat
qilish uchun bog‘lab qo‘yilgan ot va kifoya qiladigan qul, agar u namoz o‘qisa,
birodaringizdir", dedilar".