Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
215
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo
unga qo‘li tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha
yomonliklarini o‘chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko‘taradi".
517. Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Kim
yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun
silasa, qo‘li silab o‘tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir. Kim o‘zining oldidagi
yetimlarga yaxshilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo‘lamiz", deb Nabiy
sollallohu alayhi vasallam ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
518. Ibn Abbos (r.a.) naql qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim
musulmonning yetimlari orasidan
bir yetimning ovqatiga, ichimligiga qo‘shsa, Alloh uni
behojat qilib qo‘yadi va unga jannatni, albatta, vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan
amallar qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning ko‘zini Alloh ketkazgan bo‘lsa va u
sabr qilsa, albatta, unga
Alloh jannatni vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amal qilgan
bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning uchta qizi yoki singlisi bo‘lsa, ularga yaxshi odob
bersa, ular, vafot qilgunlaricha infoq etib tursa yoki ularni munosib joyga uzatsa, agar u
Alloh kechirmaydigan amalni qilmagan bo‘lsa, albatta, Alloh unga jannatni vojib qiladi".
Shunda a’robiylardan bittasi nido qilib: "Ey
Allohning elchisi, ikkita (qizi) bo‘lsa-chi?" deb
so‘radi. Aytdilar: "Ikkita bo‘lsayam".
Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarda Ibn Abbos (r.a.): "Allohga qasamki, bu
ajoyib hadisdir", deb qo‘yar ekanlar.
519. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning oldilariga kelib, qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam unga: "Agar qalbning muloyim bo‘lmog‘i seni xursand qilsa, yetimning
boshini sila va taom ber", dedilar.
520. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmonlarning yaxshi uyi yetimi
bor uy bo‘lib, unda yetimga yaxshilik qilinadigandir.
Musulmonlarning yomon uyi, yetimi
bo‘lib, unga yomonlik qilingan uydir".
521. Ibn Umardan (r.a.) katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot aytdilar: "Ular
to‘qqiztadir: Allohga shirk keltirish, mo‘min kishini qasddan o‘ldirish, urushdan qochish,
soliha xotinni zino bilan ayblash va yetimning molini yeyish, ota-onaga oq bo‘lish, sehr
qilish va baytul haromning hurmatini oyoq-osti etish".
Mujohid Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etadilar: "Oltita
halok qiluvchi narsa bor, ularda
tavba yo‘q; yetimning molini yeyish, soliha xotinni zino bilan ayblash, urushdan qochish,
sehrgarlik, Allohga shirk keltirish va payg‘ambarlardan birini o‘ldirish".
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
U zot Allohning
Dostları ilə paylaş: