Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Nazorat savollari
1. Gulxayri o'simligini o‗stirish uchun erga qanday ishlov beriladi? 
2. Gulxayri
o‗simligi necha marta sug‗oriladi? 
3. Tibbiyotda gulxayri o‗simligining qaysi qismi ishlatiladi? 
4. Gulxayri o‗simligini parvarish ishlari nimalardan iborat? 
5. Gulxayri o‗simligii qachon ekiladi? 
6. Qalampir yalpiz qaysi qismdan ko‗paytiriladi? 
7. Qalampir yalpiz necha marta sug‗oriladi? 
8. Qalampir yalpizning qaysi organlari foydali? 
 
20-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
 Botqoqlashgan va suvli muhitda dorivor o’simliklar (oddiy igir, 
uchbarg, vaxta, nilufar) ni yetishtirishning samarali usullarini o’rganish 
Mashg‘ulotning maqsadi:
 
talabalarga mashg'ulotda botqoqlashgan va suv 
muhitda o‗sadigan dorivor o‗simliklarni yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha ma‘lumot 
berish. 


~ 88 ~ 
Zarur narsalar: 
igir, uchbarg va vaxta, nilufar o‘simliklarning urug‗i, plakatlar, 
gerbariylarr, xomashyo namunalari. 
Nazariy tushuncha 
Oddiy igir
(Acorus calamus)
—kuchaladoshlar
(Araceae)
oilasiga kiradigan 
ko'p yillik, bir pallali o't o'simlik. Ildizpoyasi 1,5 m uzunlikda gorizontal joylashgan, 
sudralib o'suvchi, shoxlangan va ko'p ildizli, yo'g'on bo'lib, ustki tomoni qo'ng'ir yoki 
yashil-sarg'ish tusli. Ildizpoyaning yuqori tomonidan barg to'plamlari o'sib chiqqan. 
Bargi chiziqsimon yoki qilichsimon, uzunligi 60—120 sm, tekis qirrali va parallel 
tomirlangan (bir pallali o'simliklarga xos).
Poyasi (gul o'qi) yashil, tik o'suvchi, shoxlanmagan, uch qirrali, bargsiz, bir 
tomoni tarnovsimon, ikkinchi tomoni esa o'tkir qirrali. Poyada ikki jinsli, so'taga 
to'plangan sariq gullar bo'ladi. So'ta silindrsimon — konusga o'xshash bo'lib, uzunligi 
4—12 sm.
Gul to'plami — so'ta yonidan 50 sm uzunlikda o'rovli (qinli) barg chiqadi. 
Gulqo'rg'oni ko'rimsiz, oddiy, olti bargli, otaligi 6 ta, onalik tuguni uch xonali, 
yuqorida joylashgan. Mevasi — cho'zinchoq, ko'p urug'li, qizil ho'l meva. Ildizpoya va 
bargi hidli, mayda ildizlari hidsiz. May oyi oxiridan boshlab iyulgacha gullaydi. 
Daryo, ko'l va hovuz bo'ylarida, ko'lmaklarda, botqoqlik, o'tloqlarda va botqoq 
atroflarida o'sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Rossiya-ning 
Yevropa qismining janubida, Qozog'istonda, Sibir, Yakutiya, Uzoq Sharqda, qisman 
Kavkaz va O'rta Osiyo (O'zbekistonning Xorazm va Samarqand viloyatlari)da 
uchraydi. Mahsulot, asosan, Belorus va Ukrainada tayyorlanadi, lekin Qozog'iston va 
Amur daryosining o'rta oqimida yig'ish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin