~ 89 ~
sm uzunlikda bo‗lib, erta bahorda taraqqiy etadi. Gullari oq yoki och pushti rangli
bo‗lib, cho‗ziq shingilga to‗plangan. Gulkosachasi 5 tishli, birlashgan, meva bilan
birga saqlanib qoladi.
Gultojisi voronkasimon,
5 bo‗lakli, och pushti rangli, otaligi 5
ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi sharsimon, bir xonali, o‗t
kir uchli, ko‗p urugli, pishganda ochiladigan ko‗sak.
May-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul- avgustda etiladi.
Uchbarg
Ukraina, Belorus,Boltik bo‗yi, Rossiyaning Ovrupo qismining hamma tumanlarida,
G‘arbiy va Sharqiy Sibirda, Uzoq SHarq va Kavkazda ko‗lmak suvda, botqoqlikda,
ariq, ko‗l yoqalarida, botkoqli o‗tloqlarda va o‗rmonlarda o‗sadi.
O‗simlikni gullaganida barglari kalta bandli qilib qirqib olinadi, so‗ngra yup
qa qilib yoyib, havo kirib turadigan joyda quritiladi.Tayyor mahsulot uch plastinka
li, tuksiz va uzunligi 3 sm bo‗lgan bandli bargdan iborat. Bargchalari kalta bandli,
yupqa, yashil, ellipssimon yoki cho‗ziq-
teskari tuxumsimon, tekis yoki bir oz notekis qirrali (qirrasida oqish yoki jigarrang
g‗uddachalar — suv ustitsalar bor) bo‗lib, uzunligi 5—8.sm, eni 3—5
sm. Mahsulot hidsiz, mazasi juda achchiq. Qirqilgan mahsulot 1—7
mm
li turli shakldagi bo‗lakchalardan tashkil topgan bo‗ladi.
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida meniantin, meliantin, foliamentin va bo
shqa achchiq glikozidlar, gensianin alkaloidi, flavonoidlar (rutin, giperozid),
3% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bo‗ladi.
Ishlatilishi
.
Meniantes (uchbarg) o‗simligining dorivor preparatlar ishtaxa oc
hish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun ishlatiladi, shuningdek jigar
va o‗t yo‗llari kasalliklarini davolashda qo‗llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Damlama. Mahsulot achchiq nastoyka va ishtaha ochu
vchi, o‗t haydovchi hamda tinchlantiruvchi choy — yig‗malar tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: