Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Sariq nilufar
(Kubishka jyoltaya) - 
Nuphar
 
luteum 
- nilfiyadoshlar 
(Nymphaeaceae) oilasiga mansub ko‗p yillik suvda o‗sadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi 
yo‗g ‗on ko‗p ildizli, uzunligi 1-2 m ga yetadi. O‗simlikning suv ostki va suv ustki 
suzuvchi barglari bir-biridan keskin farq qiladi. Suv ostki bargi - yarim tiniq 
yupqa, biroz burishgan suv ustki bargi esa qalin, uzun bandli, tekis qirrali, ellipssimon, 
chuqur yuraksimon. Yirik sariq sharsimon hidli gullari suv betidan 5-6 sm ko‗tarilib 
turadi. Urug‗i havo saqlaydigan xaltacha bilan o'ralgan. Mevasi - teskari toksimon 
shaklli, rezavorsimon meva. 
Kimyoviy tarkibi:
 
Ildizpoya tarkibida alkaloidlar, oshlovchi moddalar, kraxmal, 
saxaroza va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi
. Nilufar o‗simligining alkaloidlari protistostatik va protistotid 
ta‘siriga ega bo‗lib, uning dorivor preparatlari tez o‗tadigan va surunkali trixomanada 
kasalligini davolashda hamda homilador bo‗lishdan saqlaydigan vosita sifatida 
ishlatiladi. 
O‘stirish texnologiyasi.
 
Sariq va oq nilufar o‗simligi ildiz poyasidan ko‗payadi. 
Urug‗laridan ochiq suv havzalarida bahorda ko‗paytiriladi. Buning uchun 
o‗simliklardan 5 sm li ildizpoyalar kesib olinadi. Ildizpoyalar quvurchalarga ekiladi. 
Quvurchalaming chuqurligi 5-7 sm bo‗lishi kerak. Suvda o‗sadigan o‗simliklar 


~ 90 ~ 
vegetatsiya davomida suvning toza bo‗lishiga, loyqa bo‗lmasligiga talabchan bo‗ladi. 
Shuning uchun havzadagi suv toza va oqar bo‗lishi kerak. Suvning chuqurligi 0,5 sm 
dan 1,5 m gacha bo‘lishi lozim.
Qishda muz tagida suv bo‗lishi shart, agar buning imkoni bo‗lmasa unda 
o‗simliklar usti 20-30 sm qalinlikda xazon bilan yopiladi. Bu o'simlik kunsevar 
o‗simlik hisoblanadi. Shuning uchun havzalar kun tushadigan joyda joylashgani 
ma‘qul. Havzalaming tubi 20-30 sm tuproq va go‗ng aralashmasi bilan 
to‗ldiriladi. O‗simliklar ikkinchi va keyingi yillari bahorda va yozda suvda tindirilgan 
qora mol go‗ngi bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. Begona o‗tlar va sarg'aygan 
o‗simlik barglari vaqti-vaqti bilan olib tashlanadi. Chirg‗anoqlar sonini nazorat qilish 
uchun suvga karam barglari va o‗tlar tashlanadi, ertasiga barglar va ularga 
yopishgan chirg‗anoqlar olib tashlanadi. Chirg‗anoqlar soni ko‗payib ketsa o‗simliklar 
bargiga ziyon yetishi mumkin. Suv ustidagi va suzib yurgan barglar ustida shira 
zararkunandasi ham ko‗payishi mumkin. 
Urug‗dan ko‗paytirilganda ochiq havzalar tavsiya etiladi. Havzalar tubi 20 sm 
gacha tuproq bilan to‗ldiriladi. Tuproq qora mol go'ngi aralashmasidan tarkib topgan 
bo‗lishi kerak. Tuproq tekislanib va zichlanishi kerak. Urug‗lar ekishdan oldin 1:3 
yoki 1:5 nisbatda qumga aralashtiriladi. Ekish kuzda egat oralari 15-20 
sm qilib olib boriladi. Urug'lar ekilgandan so‗ng usti 0,5 sm qum bilan yopiladi
so‗ngra ustidan suv quyiladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin