Shifoxonalar va sanoat korxonalari atrofida yashil hududlar
barpo etishdan maqsad shifoxona bemorlari hamda sanoat
korxonalari ishchi-xodimlari kunlik
faoliyatida uning hududida
havo tarkibi doimo toza bo‘lishi,unda mikroiqlimning mavjud
bo‘lishi, hovlida sanitar-gigiyenik sharoitning me’yorida
bo‘lishi va hovli ichki hayot faoliyatini tashqi shovqin-surondan,
garmsel va chang zarralaridan himoya qilishdan iboratdir.
Natijada bemorlar soya-salqin joylarda bemalol dam oladi, sayr
qiladi. Ishchilar tushlikda, biroz bo‘lsa-da, hordiq chiqaradi.
Ushbu hududlarda o‘ta
manzarali, sersoya, keng yaproqli va
yam-yashil nina bargli daraxtlar: eman, kashtan, go‘zal katalpa,
ipak akatsiya, arg‘uvon va suv bo'ylarida majnuntollar, dam
olish besedkalari atrofida manzarali
butasimonlar va anvoyi
gullar joylashtiriladi.
Bu esa, o‘z navbatida, dam oluvchi bemorlar va sanoat
korxonalari ishchi-xodimlari uchun toza havo manbaidir.Yashil
o‘simliklar havo tarkibini tozalaydi va havo tarkibidagi zaharli
gazlami o‘zida ushlab qoluvchi fitonsidlar ajratadi.
Ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydon shifoxona umumiy yer
maydonining 70% qismini tashkil etishi yoki har bir bemorga 50
m2 yashil hudud to‘g‘ri kelishi kerak. Yo‘lovchilar yo‘lagi,
yo‘llar va kichik xiyobonlar uchun yer maydoni 17% dan
oshmasligi kerak. Manzarali daraxt va butalar qatorga olib yoki
guruh holida joylashtirilib boriladi.Shifoxona hududida o‘zidan
noxush hid tarqatuvchi o‘simliklami ekishga ruxsat berilmaydi.
Chunki bunday havo tarkibi ba’zi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi
mumkin.
Sanoat korxonalarida ko‘kalamzorlashtirish
ishlari korxo-
nalarga kiraverishdan boshlab bajariladi. Masalan, korxonaga
kiraverishda uning ishlab chiqarish faoliyatiga mos qandaydir
belgi yoki biror-bir yodgorlik, favvoralar o‘matilib, ular atrofida
manzarali uzoq yashaydigan daraxt va butalar joylashtiriladi.
Bular oddiy eman, go‘zal katalpa, sadaqayrag‘och,
kashtan
bargli eman, soxta kashtan va suv bo‘ylarida majnuntol, yapon
198
saforasi, virgin archasi. oq qayin va Tyan-Shan qora qarag‘aylari
belgilangan sxemada ekilib, o‘ziga xos kompozitsiyalar yarati-
ladi.
Zarar ko‘rsatish darajasiga qarab ishlab chiqarish korxo
nalari besh sinfga bo ‘ linadi:
I sinf.
Yirik kimyoviy, metallurgiya, sement, neftni qayta
ishlash korxonalari, yirik elektrostansiyalarda
yashil himoya
qatorining eni 1000 m dan iborat bo‘ladi.
II sinf. Unchalik katta bo‘lmagan kimyoviy va metallurgiya
korxonalarida ihota daraxtzorlarining eni 500 m dan iborat
bo‘ladi.
1П sinf. Terini qayta ishlash, qog‘oz ishlab chiqarish va tola
ishlab chiqarish korxonalarida himoya qatorining eni 300 m dan
iborat bo‘ladi.
14.10-rasm. Faworalar va yashil o‘simlik dunyosi.
IV sinfi. Qurilish mahsulotlari, shifer, g‘isht, oyna, chinni,
tamaki va paxta tozalash zavodlarida
ihota daraxtzorlari
qatorining eni 100 m bo‘ladi.
V sinfda parfyumeriya,oyoq kiyimlar, konserva, non, soat
vu csdalik sovg‘alar ishlab chiqarish zavodlarida himoya daraxt-
y.orlarining eni 50 m dan iborat sxemada tashkil etiladi.
199