14.11 -rasm. Qishloq hududidagi olmazor bog'lar va
nina bargli daraxtlar.
2.
Qishloq hududidagi tashqi zona. Bu hududda, asosan,
mevali bog‘lar, tomorqalar, qishloq uylari atrofidagi ihota
daraxtzorlari bo‘ladi. Bunda turar joylar va xo‘jalikdagi mavjud
ishlab chiqarish binolari hamda inshootlar oralig‘idagi ihota
qatorining eni 30 m dan 300 m gacha bo‘lishi kerak.
Qishloqqa kiraverishdagi avtomobil yo‘lining ikki tomoni da
mahalliy terak turkumidan ajoyib ko‘rinishdagi ihota qatori
tashkil etiladi. Chunki mirzaterak
avtomobildan chiqadigan za-
harli gazlarga chidamli boladi. Masalan, Yaponiyada avtomo-
billar harakatlanayotgan yo‘llar atrofida mirzateraklardan
himoya daraxtzorlari tashkil etilgan.
Qishloq hududlaridagi har xil yodgorliklar, haykallar va
monumentlar atrofida mahalliy sharoitga chidamli bo‘lgan
yaproq va nina bargli daraxt, buta
turlaridan yashil hududlar,
shuningdek, har xil turdagi bir, ikki va ko‘p yillik gul turlaridan
kiumbalar, gulzorlar barpo qilinadi.
201
14.12-rasm. Qishloq hududidagi ishxonalar atrofmi
ko‘kalamzorlashtirish.
Bunda yaproq bargli daraxtlardan: terak turkumi, yapon sa
forasi, oq akas, sadaqayrag‘och, dala zarangi, suv bo‘ylarida
majnuntol, qora tol; nina bargli sharq biotasi, virgin archasi,
janubiy hududlarda Eldor qarag‘ayi;
chorva komplekslari bilan
chegaradosh
hududlarlarda
jiyda
turkumi,
tikansimon
gledichiya, mayda bargli qayrag‘och va boshqalar ekib, o‘z
ko‘rkiga ega bo‘lgan kompozitsiyalar tashkil etiladi. Qishloq
hududlarida bugun faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar va dehqon
xo‘jaliklari dala shiyponlariga kiraverishda yo'lning har ikki
tomonida mahalliy sharoitga mos bo‘lgan manzarali daraxt va
buta turlaridan ihota qatorlari tashkil etiladi.
Chunki qishloq
hududlarida
yirik
ishlab
chiqarish
sanoat
korxonalari
bo‘lmaganligidan bu joylarda qimmatbaho daraxt ko‘chatlarini
(kumushrang bargli yoki havo rang bargli qarag‘ay) ekishga
sharoit boimaydi.
Dostları ilə paylaş: