Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


15.3-rasm. Maysazor fonidagi gullar, manzarali daraxt va



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

205


15.3-rasm. Maysazor fonidagi gullar, manzarali daraxt va
butalaming nafis ko‘rinishdagi kompozitsiyasi.
Natijada o‘simlikning asosiy qismi nobud bo‘ladi, qolgan 
qismi juda sust o‘sadi, maysazoxning umumiy manzarali 
ko‘rinishi yo‘qoladi. Shuning uchun chimzor barpo etishda joyni 
to‘g‘ri tanlash va tuproqni tayyorlab olish muhim ahamiyatga 
egadir. Demak, maysazorlar barpo qilish uchun, awalo, yer 
maydonlari to‘g‘ri tanlanishi va zarur bo‘lgan loyiha tuzilishi 
talab qilinadi. Odatda, loyihada yeming tuzilishi, ya’ni relyefi 
bo‘yicha tekislash, yo‘llar va manzarali daraxt hamda 
butalaming joylashuvi, yer osti va usti kommunikatsion tizim- 
larini o‘tkazib olish, shuningdek, sug‘orish tizimlarini o‘tkazish 
kerak bo‘ladi.
Yemi tayyorlash dastlab 30 sm chuqurlikda yer maydonlari­
ni haydab tekislab olishdan boshlanadi. So‘ng yer yuza qismiga 
chirigan go‘ng (10-15kg:m2), mayda qum (yengil tuproqda 8- 
10kg:m2, og‘ir tuproqqa 10-15kg:m2), ammofos (200-250g:m2) 
va kaliy o‘g ‘iti 70-100g:m2 o‘g‘it aralashmasi bir tfclds yoyib 
chiqiladi va aralashma tuproq bilan qorishib ketishi uchun 10-15 
sm chuqurlikda mayin chopiq qilinib, xaskash yordamida yana 
bir bor aralashtiriladi. Nihoyat yer yuza qismi taxtacha 
yordamida tekislanib, og‘irligi 20-30 kg bo'lgan g‘altak 
yordamida zichlanadi.
206


Urug‘lami sepish. Maysazorlar, asosan, urug‘ sepilib barpo 
etiladi (raygras, betaga (ovsyanita), oddiy maysazorlar uchun 
aralash urug‘lar sepiladi (betaga - 30%, qo‘ngirbosh, simirik 
(polovita belaya)- 10, raygras - 30%. Urug‘lami sepish me’yori: 
raygras - 80 - 100 kg/ga, ovsyanita - 100-120, qo‘ng‘irbosh 45- 
55, polovita 20-25 kg/ga.
Maysa o‘tlar urug‘lari 15-fevraldan 15-martgacha va kuzda 
15-oktabrdan 5-noyabrgacha sepiladi. Sepish chuqurligi-0,5-3 
sm. Urug‘lar sepilgandan so‘ng tuproqning ustki qismi 
Ickislanadi, suv sepiladi. Raygrasning urug‘lari 10 kundan 
so‘ng, qo‘ng‘irboshniki 15-17, ovsyanitaniki 12-14 kundan 
so‘ng unib chiqadi.
Chimlash, chim bosish usuli maysazorlar, qiyaliklarda 
kamroq, asosan, tekis yerlarda qo‘llaniladi. Chim 30x15; 30x20; 
60-60 x 20-30 sm kattalikda va 8-10-15 sm qalinlikda kesiladi
so‘ng ular darrov o‘z joyiga ekiladi. Chim bosish yalpi, tasma va 
kataksimon shaklda olib borilishi mumkin.
Vegetativ usul: ildizlari kesiladi yoki ustki novdalari 3-5 sm 
u/unlikda kesiladi, uchastkaning ustiga sepiladi, chirindi bilan 
yopiladi (2-3 sm), (chirindili tuproq bilan), tekislanadi va suv 
sepiladi.
Gidrosepish. Suv sepiladigan mashinaga urug‘lar, o‘g‘it, 
suv, bitum emulsiyasi, lateks emulsiyasi joylashtiriladi va 
kerakli joyga sepiladi. Aralash materiallaming sepilish miqdori -
10 m2yerga; kichik - 400, bitum emulsiyasi 1, notekis - 40, suv - 
4,5 g, maydonga superfosfat - 3 g, ammiakli selitra -6, xlorli 
kaliy 2 g.
Maysazorlarda parvarishlash ishlarini olib borish. Bunda 
asosiy ishlar quyidagicha: sug‘orish, o‘rish, begona o‘tlami 
olish, o‘g‘itlash, ta’mirlash, kasallik va zararkunan da I ardan 
himoya qilish. Yomg‘irlatib sug‘orish.
Muntazam ravishda maysazorlaming ustki qismi kesilib 
turiladi. Buning uchun maysani kesadigan elektrli, benzinli 
motorli maysao‘rgich (gazonokosilka), ishlatiladi. Har 7-10 kun-
207


da 3-4 sm balandlikkacha kesiladi. Maysazorlarda birinchi 
kesish maysa 10-12 sm o‘sganda o‘tkaziladi. Bundan ertaroq 
kesilsa, yosh o‘simliklarga jiddiy shikast yetkazish mumkin. 
Agar vaqtidan kech kesilsa, pastki qismiga soya berib, xlorofill 
miqdorini kamaytiradi va kesilganda moddalar almashinuvi 
buziladi. Keyingi kesishlar esa maysaning holati, ob-havo 
sharoiti va vegetatsiya davri(yil)ga qarab 5-8 sm bo‘lganda 
bajariladi. Kesishlar bir oyda 4-5 marotabagacha o‘tkaziladi. 
Kesish ishlari bajarilgandan so‘ng o‘rilgan maysa qoldiqlari 
maydondan olib chiqib tashlanadi.
3-jadval

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin