L.S.Vigotskiy
ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o'zlari-
ning kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari boladi. Bu esa ilmiy
tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga
qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan
va yakka hodisalardan qutulib, mavhumlik hamda umumiylikka
o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanch-
dan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda
10
to'xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va
eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro muno-
sabat xarakterini bilish kerak.
0
‘tilgan materiallarni qanday yo‘l
bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mum
kin?
0
‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi
yoki konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to£g‘rimi?
Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa
m a’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bog‘liq
bo‘ladi.)
Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir.
Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini,
jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining
qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas.
M a’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bil
may turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya
berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega
bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab
qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik
jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha
o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bolish i mumkin. Biroq
o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bi
lan emas, balki konkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bi
lan ishlaydi.
0
‘quvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan indivi
dual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning
sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va
chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchining ruhiy dun-
yosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuza-
tish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bi
lishni taqozo qiladi.
M ana shu yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarning hammasini
bilish o‘z-o‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning
garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish
imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘ro-
11
na harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psi-
xologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagogga ta’lim-tarbiya
jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur.
Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik
psixologiya o£rganadigan obyektning umumiyligidadir. Bu ikkala
fanning o‘rganish obyekti — bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib,
yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa,
pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifati
da, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga
qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi.
Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususi
yatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim
va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchi-
liklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda
bo‘lishni talab qiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lish-
ning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonla-
ma va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyo-
sidan yaxshi xabardor bolishni, psixologik jihatdan kuzatishni
to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bi
lishni taqozo qiladi.
Pedagogik psixologiya ham, yosh psixologiyasi ham umumiy
psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni,
psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatla
rini o‘rganadigan fan — umumiy psixologiyaga asoslanadi.
Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik
jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanoma-
lar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning
materiallari va xulosalaridan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tash
kil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy
ham ta ’kidlab o‘tgan edi:
«Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmay-
miz, ammo biz ularga oczingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik
hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qi-
12
ling hamda ularni tatbiq qilmoqchi bo‘lgan sharoitlarini hisobga
olib ish qiling, deb aytamiz».
Dostları ilə paylaş: |