Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


I BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING PREDMETI



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

I BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING PREDMETI,
YAZIFALARI
Reja:
1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti.
2. Yosh psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari.
3. Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi.
4. Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalari.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bolajak psixologlar tomonidan yosh psixologiya­
si fanining predmeti, vazifalari, bolim lari haqidagi bilimlarning 
o‘zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bolajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi 
fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari haqida bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.
Tayanch tushunchalar: 
predmet, obyekt, vazifa, determinatsi- 
ya, rivojlanish, yosh psixologiyasi, psixologik yosh.
1.1. Yosh psixologiyasining predmeti
Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jum ladan xalq maori- 
fi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, bar- 
cha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada 
o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini 
rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ular- 
ning tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobili- 
yatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazi- 
falarni qo‘ymoqda.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogi- 
ka fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni o‘qi- 
tish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, 
maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki 
m a’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim.
4


Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab eti- 
ladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, turli yoshda- 
gi, turli individual xususiyatlarga ega bolgan o‘quvchilar bilan ish 
olib boradi.
Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, 
xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish 
jarayonida m am shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib 
ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. M ana shularni 
hisobga olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifa- 
si, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyat-

i amalga oshiradi.
Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari 
bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish 
har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi.
Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. 
Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh 
psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, 
o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xusu- 
siyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazil- 
ganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun 
hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda 
tavsiflashga erishilmagan.
Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususi­
yatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib 
inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosa- 
batlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida 
o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib se- 
vishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun 
mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.
Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Le- 
kin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi 
mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivoj­
lanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda ay- 
nan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan
5


bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivoj- 
lanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus 
psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda 
norm al, sog‘lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir.
Yosh psixologiyasining predm eti — rivojlanishning yosh 
davrlari, bir yosh davridan keyingisiga o ‘tishning sabablari, 
m exanizm lari, ontogenezda psixik rivojlanish, yo‘nalishlari, 
tem pi, tendensiyalari va um um iy qonuniyatlaridir.
Yosh psixologiyasi turli xil yosh davrlarining psixologik xusu- 
siyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi — inson psixo­
logiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi 
bilimlar sohasi. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, 
o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojla- 
nishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib 
bo‘lmaydi.
Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsa- 
tish mumkin.
1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining or- 
ganizm va muhitga bog‘liqligi muammosi.
2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan 
ta’limning ta’siri muammosi.
3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.
Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson or-
ganizmining anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sis- 
temasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori 
darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. 
Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi 
organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraq- 
qiyotga ta ’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib keli- 
shi mumkin. Bolaning miyasi yetilib bo‘lmaguncha unda ver­
6


bal nutqni va u bilan bogiiq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish 
mumkin emas.
Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga 
ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta ’si- 
ri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida 
bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.
Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech 
qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan 
munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tash- 
kil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus 
ta ’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.
Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar os- 
tida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri in­
son xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligi- 
cha qolmoqda.
Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro mu- 
nosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta ’sir 
etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat orga­
nizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga 
insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham 
kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq 
mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan 
ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha 
to‘la-to‘kis o‘z yechimini topmagan.
Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davri- 
dan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda si- 
fatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning 
muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir 
qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zga- 
rishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish 
hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning inson- 
ga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, in- 
tellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq 
bo'ladi.
7


Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yosh- 
ga xos o‘zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolutsion 
o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekin- 
lik bilan amalga oshadi.
Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur 
o'zgarishlarni revolutsion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revo- 
lutsion o'zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ik- 
kinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh tara- 
qqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi 
inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda 
ro‘y beradigan revolutsion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni 
davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin.
Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarish- 
lar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni 
situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bolgan) o‘zgarishlar deb 
atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq-atvori va psixi- 
kasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbi- 
ya ta’sirida vujudga keladi.
Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar odatda barqaror ham ­
da qaytarilmas bo‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmay- 
di. Situatsion o‘zgarishlar beqaror, a ‘zgaruvchan, ularni mashqlar 
orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolutsion va revolutsion 
o‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o‘zgartirsa, 
situatsion o‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari, bilim, 
malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh 
jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislat- 
larining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘li- 
nadi. Bular:
1. Bolalar psixologiyasi.
2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3. 0 ‘smir psixologiyasi.
4. Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
8


5. Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6
. Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin