Yosh psixologiyasining
nazariy vazifalari:
— insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyo-
ti manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini
o‘rganish;
— ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;
— psixik jarayonlar kechishining yosh xususiyatlarini va qo-
nuniyatlarini o‘rganish;
— turli yosh davrlarida bilimlarni o‘zlashtirish, turli faoliyat-
larni amalga oshirish qonuniyatlari, xususiyatlari va imkoniyat-
larini aniqlash;
— turli yosh bosqichlarida shaxs rivojlanishini tadqiq qilish.
Yosh psixologiyasining
amaliy vazifalari:
— psixik funksiyalarning yosh normalarini aniqlash, inson
ning ijodiy potensialini va psixologik zaxiralarini ishga tushirish;
— bolalarning ruhiy salomatligini va psixik taraqqiyotning ke-
chishini tizimli nazorat qilish xizmatini tashkil etish, ota-ona-
larga muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish;
— yosh va klinik diagnostika;
— inson hayotining inqirozli davrlarida yordam ko‘rsatish,
psixologik qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajarish;
— uzluksiz ta’lim tizimda o‘quv jarayonini optimal tashkil etish.
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish
uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini,
ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malaka-
larni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib
toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog
Dostları ilə paylaş: