ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinik ma’lumotlarni
qollash mumkin deb hisoblaganlar. Eksperimental xulq-atvor-
ga o‘rgatishda boshqaning (modelning)
harakatini kuzatishning
ahamiyati ko‘rsatilgan, bu yangi reaksiyani paydo bolgunga qadar
vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonining kamayishida ifoda-
laydi. Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijti
moiy o‘qitish nazariyasi xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini
tan olib avvalo uning qo‘zg‘atuvchi
funksiyasining muhimligini
ta’kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik,
suvsizlik, og‘riq) birlamchi qo‘zg‘atuvchilarni jahl, ayb, harakat-
larga ehtiyoj, qo‘rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo‘zg‘atuvchilarni
ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi
qoniqish tamoyili ular tomonidan qollab-quvvatlash
tamoyiliga
(rag‘batlantirish) o‘zgartirilgan. Dastlab ijtimoiy o‘rgatish nazari
yasi qat’iy obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni egallash metod-
larini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yo‘nalganlik bilan salbiy
va ijobiy falsafiy asosga qurilgan. Psixologik tadqiqot metodologi-
yasi rejalashtirishning puxtaligini ma’lumotlarni
qayd etishning
tizimliligini bogliq va bogliq bolmagan o‘zgaruvchilarni nazorat
qilish va o‘zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab
qiladi. 0 ‘tgan asrning 40—50-yillarida manipulyativ laboratoriya
eksperimenti tadqiqotning hukmron metodi boldi.
Ijtimoiy o‘rgatishda bolalik olib
ketuvchi nevroz bilan qi-
yoslanganda xulq-atvor buzilishi va qayta yo‘naltirish davri si-
fatiga tushunilgan. Bu tushunchalardan kelib chiqib,
bolani ijti-
moiylashtirishi uchun ota-onaning vazifasi quyidagilardan iborat
bolgan: ovqatlantirish, tuvakka o‘rgatish, bolada agressiyaning
namoyon bolishi, uni jinsiy identifikatsiyasi va me’yoriy xulq-at
vorning boshqa xususiyatlari bilan
bogliq bolgan yosh davriga
oid muammolarni bartaraf qilish.
Dostları ilə paylaş: