ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
14
sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning
maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning
oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga
katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda
yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm)
psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik
psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi,
shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-
xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida
xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual
xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga
xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi.
Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni
mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada
qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o
giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi
masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida
ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash,
oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini
tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.[1]
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida
o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada
ortib boraveradi. Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un talablar qatoriga
kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu
xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam
beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi,
shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi
bilan bog‘lik xislatlariga qaratilganligidir.
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga
yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagogik faoliyat
ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga
yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik
faoliyatning muhim jihati — bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining
5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
I — (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;
II — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum
qila oladi;
III — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi; IV — (yuqori)
o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini
shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi;