Qadrli Aziz (agar Sizni shunday atashim
mumkin bo'lsa)!
Sizning oilamdagi ro'y bergan krizisni yengib
o'tishimga yordam bergan iliq, chin yurakdan
yo'llagan nomangiz uchun rahmat. Siz
aytganingizday, biz qizim bilan oramizdagi
tushunmovchilikni yengib o'tdik.
Siz men haqimda to'g'ri aytgansiz. Men
chindan ham hamisha ikki qarama-qarshi
holat: agressivlik va nofaollik orasida azob
chekaman. Goho uzim yaxshi qo'rgan
odamlarim hayotiga haddan ziyod aralashib
ketaman, goho ular oldida o'zimni juda ojiz his
etaman.
Taqdirga tan berishga kelganida, men o'zimni
bunga qobilligimni hech qachon his
etmaganman. To'grisini aytsam, menda insonni
so'fiy qiladigan hech nima yo'q. Shunga
qaramay, men aynan qizimning ishlariga
(taqdiriga) aralashmay qo’yganimdan
keyingina u bilan yarashganim nihoyat
hayratlanarli hol. Sizga katta rahmat. Men
ham Siz uchun duo qilishni istayman, lekin men
oxirgi marta Xudoning eshigini qachon
qoqqanimni ham eslay olmayman, shundan
buyon Uning qayerga ko'chgan bo'lishi
mumkinligini ham tasavvur eta olmayman.
Men sizning romaningizdagi karvonsaroy
ho'jayiniga o'xsharmikanman? Ammo xavotir
olmang, men unchalik qahrli emasman.
Hozircha unday emasdirman.
Sizga do'stona tuygular ila Nortgemptondan
Ella.
Maktub
1243 yil, 19 sentyabrь, Bag'doddan Qaysariga
Bismillohir rohmanir rahim!
Birodarim Said Burxoniddin! Sizga tinch-
omonlik va Xudoning marhamati va barakotlari
bo'lsin!
Xatingizni olib va Ishq yo'lida avvalgiday
sobitligingizni bilib juda hursand bo'ldim. Ayni
paytda maktubingiz meni qiyin vaziyatga ham
qo'ydi. Rumiyga hamsuhbat izlayotganingiz
ma'lum bo'lishi bilanoq, men qanday odamni
nazarda tutayotganingizni tushun- gan edim.
Lekin nima qilarni bila olmay qoldim.
Biz bilan bir maskanda Sizning ta'rifingizga
juda muvofiq keladigan Shams Tabriziy nomli
darbadar darvish istiqomat qilmoqda. Shams
bu dunyoda o'ziga yuklatilgan maxsus vazifasi
borligiga ishonadi, shu tufayli nurlangan
insonga ziyo baxsh etmoqni istaydi.
U Xudodan o'ziga shogird emas, hamsuhbat
tilab kelgan. Bir kuni menga uni oddiy odamlar
qiziqtirmasligi haqida gapirgan edi. U
insoniyatni Haqqa boshlab boradiganlar bilan
yaqinlashmoq uchun kelganini aytgan edi.
Sizning xatingizni o'qib, Shamsga Rumiy bilan
uchrashish taqdir qilinganini angladim. Shunga
qaramay, adolat barqaror bo'lmog'i uchun men
barcha darvishlarga bir xil imkon bermog'im
kerak edi. Da'vogarlar bir nechto edi, lekin yo'l
naqadar xatarli ekani ma'lum bo'lgach, ulardan
faqat Shamsning o'zi qoldi. Bu qishda bo'lgan
edi. Bahor va kuzda ham bu holat avvalgicha
qoldi.
Siz nega bunchauzoq kutganimdan hayron
bo'layotgandirsiz. Men bu borada ko'p o'yladim
va to'g'risini aytsam, bunga faqat bir
tushuntirish bor. Shams mening qalbimga juda
yaqin bo'lib qolgan edi. Uni bunday xatarli
safarga jo'natishdan jonim ogridi.
Shams oddiy inson emas, buni e'tiborga oling.
Darbadar kezish uning uchun uncha qiyin
bo'lmagan, lekin shaharda qo'nim topib,
shaharliklar bilan birga yashaydigan bo'lsa, u,
albatta, kimningdir qitiq patiga tegishi tayin.
Ayni shuning uchun men uning bizdan ketar
vaqtini ortga surib keldim.
Xayrlashuvdan oldin oqshomda biz Shams
bilan, barglari ipak qurtlariga ozuqa sifatida
beriladigan tut daraxtlari ostida uzoq kezdik.
Ulardan to'qilgan juda nafis yengil ipakmato
menga Ishq tuygusini eslatadi. Men pillakorlar
ipak yirtilmasligi uchun ipak qurtlarini pilla
ichidan teshib chiqishlariga yo'l
qo'ymasliklarini, natijada ular ichkarida qolib
halok bo'lishlarini Shamsga hikoya qildim. Bir
gaz shunday mato uchun ko'plab qurtlar halok
bo'lishlarini gapirdim.
Kech kira boshlagan edi. Sovuq shamol esa
boshladi va meni titroq bosa boshladi.
Qarilik yaqinlashgan sari men tez sovuq
yeydigan bo'lib qolganman, lekin bu safar
boshqacha holat edi. Bunda gap bizning Shams
bilan so'nggi bor bog’da birga sayr
qilayotganimizda edi. Biz bir-birimizni boshqa
ko’ra olmas edik. Har holda bu dunyoda
ko'risha olmaymiz. Nazarimda, u ham buni his
etardi, buni men uning nigohidagi anduhdan
payqadim.
Bugun tong otar-otmas Shams mening qo’limni
o'pgani va ketmoq uchun oq fotiha so'ragani
qoshimga keldi. Men uning qora sochlarini
kesgani va soqolini qirganini ko'rib hayron
bo'ldim, lekin u hech nima tushuntirmadi, men
ham so'ramadim. Ketishidan oldin ipak
qurtlariga oid o'z tarixidan gapirdi. U Rumiy
bilan ikkisi Muqaddas Ishq pillasi ichiga
yashirishar va faqat pishib yetilganlaridan va
ajoyib ipak to'qiydigan bo'lganlaridan
keyingina u yerdan chiqishar ekan. Unga qadar
esa, ipak hosil bo'lishiuchun qurtlar o'lmog'i
kerak ekan.
Shundan keyinu Konyaga jo'nab ketdi. Ilohim,
Tangri taolo uni o'z panohida asrasin. Men
to'g'ri ish qilganimni bilaman va Siz ham to'g'ri
qildingiz. Lekin yuragim zilday og'ir va
bizning maskanda hech qachon uchramagan bu
eng g'ayrioddiy va mard darvishni allaqachon
sog'ina boshladim.
Oxir-oqibat, hammamiz ham Xudoning
bandalarimiz va hammamiz ham Unga
qayturmiz.
Sizga hamisha Xudo yor bo'lsin!
Bobo Zamon.
Dostları ilə paylaş: |