Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1243 yil, 18 dekabrь, Bag'dod.
Tomlardan uzun sumalaklar osilib turgan qish 
kunlaridan birida qor bosgan yo'lda chopar 
ko'rindi. U Qaysaridan keldim, dedi. Bundan 
darvishlar hayajonga tushdilar: yilning bu 
faslida mehmon kelishi yozda pishadigan 


uzumning paydo bo'lishiday gap edi. Sovuq va 
qorga qaramay, shoshilinch maktub bilan, 
choparning yo'lga chiqqani ikki narsadan 
dalolat bo'lishi mumkin edi: yo bir yomon 
hodisa sodir bo'lgan, yoki bu endi sodir bo'ladi. 
Ustozga keltirilgan bu maktubda nima 
yozilgani barcha darvishlarni juda qiziqtirardi, 
lekin ustoz bizning qiziqishimizni qondirishi 
mumkin bo'lgan bironta ham so'z aytmadi, 
ishora ham qilmadi. U ko'rinishdan sovuqqon, 
xayolchan, fikrlarini hech kim bilan 
bo'lishishni istamas edi. To'g'ri javob izlab, uni 
topa olmayotganga o'xshardi. 
Men ustozni shunchaki qiziqqanimdan emas, 
jiddiy kuzata boshladim. Garchi aynan 
nimaligini tasavvur eta olmagan esam-da, 
ammo maktubning menga bevosita aloqasi 
borday tuyulardi. Qalbimni mustahkam tutish 
uchun xonaqoh machitida Xudoning to'qson 
to'qqiz go'zal ismlarini takrorlab ko'p 
kechalarni o'tkazdim. Har safar bu ismlar 
ichida bittasi: Al Jabbor - hech nima uning 


ixtiyorsiz sodir bo'lmasligi haqidagi ism 
mening diqqatimni o'ziga boshqacha tortardi. 
Boshqalar o'z vaqtlarini bahslashib va har xil 
bema'ni taxminlar qilib o'tkazar ekanlar, men 
bir o’zim qor bosgan bog'da aylanib yurardim. 
Nihoyat, hammamiz bizlarni umumiy majlisga 
chaqirgan mis qo'ng'iroq jarangini eshitdik. 
Xonaqohning asosiy xonasiga kirganimda 
hamma yig'ilib bo'lgan, aylana hosil qilib 
o'tirishar edi. O'rtada ustoz turardi. 
U bir yo'talib oldi-da, dedi: 
- Bismillohir rohmanir rahim! Sizlar balki men 
nima uchun hammangizni majlisga 
chaqirganimga hayron bo'layotgandirsiz. Gap 
menga olib kelingan maktubda. Uni kim 
yuborganining ahamiyati yo'q. U mening 
e'tiborimni juda muhim narsaga qaratganining 
o'zi etarli. 
Bobo Zamon biroz jim qoldi va derazaga qarab 
turdi. U azoblangan, rangi oqargan va juda ozib 
ketganday ko'rinardi, go'yo keyingi bir necha 
kun ichida ko'p yillarga qarib qolganday edi. 


Ammo gapira boshlagan zahoti u birdan 
dadillashdi, ovozi qat'iyatli chiqdi: 
- Bag'doddan uncha uzoq bo'lmagan bir 
shaxarda juda bilimdon olim inson yashaydi. U 
shoir bo'lmasa hamki, juda yaxshi notiq. 
Minglab odamlar uni yaxshi ko'rishadi, hurmat 
qilishadi, lekin uning o'zi hech kimni 
sevmagan. Bizga noma'lum sababga ko'ra, 
oramizdan kimdir uning huzuriga borishi va 
suhbatdoshi bo'lishi mumkin. 
Mening yuragim allanechuk siqildi. Keyin 
sekin, juda sekinlik bilan nafas chiqardim. Bu 
vaziyatda qoidalardan birini eslamay 
bo'larmidi? «Yolg'izlik va xilvat bir xil 
hodisalar emas. Kishi yolg'iz bo'lsa, o'zining 
to'g'ri yo'ldaligiga o'zini oson ishontiradi. Biz 
uchun xilvat yaxshi, chunki bu yolg'izlanib 
qolishni anglatmaydi. Ammo senga ko'zgu 
bo'la oladigan insonni topish undan-da 
yaxshiroq. Yodingda bo'lsinki, sen o'zingni va 
o'z qalbingdagi Xudoni faqat boshqa inson 
yuragiga qarab, adashmasdan ko'ra olasan». 


Ustoz gapida davom etdi: 
- Menga orangizdan kimdir bu ruhiy sayohatga 
borishni istaydimi, degan savolni berishdi. 
Albatta, men o'zim bunga munosib darvishni 
tanlashim mumkin edi, lekin faqat burch tufayli 
bu ishga kirishgan odam uni uddalay olmasligi 
mumkin. Bu ishni ishq tufayli va ishq uchun 
bajaradigan odam kerak. 
Bir yosh darvish gapirishga ruxsat so'rab dedi: 
- Ustoz, bu olim kim o'zi? 
- Men uning kimligini faqat yo'lga chiqish 
uchun xohish bildirgan odamgagina ayta 
olaman. 
Buni eshitgach, hayajonga tushgan bir qancha 
darvishlar shoshilinch qo'l ko'tarishdi. 
Istaganlar soni to'qqizta edi. Men ham ularga 
qo'shildim, o'nta bo'ldik. Bobo Zamon qo'li 
bilan ishora qilib, hali gapi tugamaganini 
bildirdi: 
- Siz qaror qabul qilmasingizdan oldin men 
sizga aytadigan yana boshqa gaplar ham bor. 
Bu sayohat juda xatarli va mushkul, borgan 


odam qaytib kelishi dargumon. 
Mendan boshqa hamma qo'lini tushirdi. 
Shuncha vaqt mobaynida Bobo Zamon birinchi 
marta mening ko'zlarimga qaradi va 
ko'zlarimiz uchrashganida u avvalboshdayoq 
men yolg'iz o'zim ko'ngilli bo'lib chiqishimni 
bilganini tushundim. 
- Shame Tabriziy, - dedi ustoz sekin va go'yo 
mening nomim uning og'ziga noxush ta'm 
berganday achchiqli ohangda. - Men sening 
qaroringni hurmat qilaman, lekin sen bizning 
jamiyatimiz a'zosi emassan. Sen mehmonsan. 
- Tushunmadim, nima farqi bor. 
Ustoz uzoq o'ylab, jim qoldi. Keyin 
kutilmaganda o'rnidan turdi va yana dedi: 
- Hozircha bu gaplarni qo'ya turamiz. Bahor 
kelgach, bu masalaga yana qaytamiz. 
Mening qalbim isyon ko'tarardi. Axir Bobo 
Zamon men ayni shu vazifani bajarish uchun 
Bag'dodga kelganimni juda yaxshi bilardku, u 
esa menga taqdir qilingan bu imkoniyatdan 
meni mahrum qilayapti. 


- Nima uchun, ustoz? Men hoziroq yo'lga 
tushishga tayyor turgan bo'lsam, nima uchun 
kutish kerak? Menga shaxarni va o'sha ulamoni 
otini aytsangiz bo'ldi, shu zumdayoq meni bu 
yerda ko'rmaysiz! - qichqirib yubordim men. 
Lekin ustozning javobi, men bu yerda u bilan 
yonma-yon yashaganimdan buyon sira 
kutilmagan tarzda sovuq va qat'iy bo'ldi: 
- Muhokamaga o'rin qolmadi. Majlis tamom. 
Qish uzoq va sovuq keldi. Bog'dagi hamma 
narsalar muzlagan, mening lablarim ham. 
Keyingi uch o'y mobaynida men biron so'z 
aytmadim. Har kuni uzoq sayrga chiqaman, 
daraxt kurtak yozarmikin, deya izlayman, lekin 
faqat qorni ko'raman. Bahorni faqat orzuda 
ko'rish mumkin. 
Dilim xira bo'lsa ham, hozirgi kayfiyatimga 
juda muvofiq keladigan: «Hayotingda nimaiki 
sodir bo'lmasin, juda katta baxtsizlikka duch 
kelgan chog'ingda ham ruhingni cho'ktirma. 
Hatto barcha eshiklar berkilib qolgan bo'lsa 
hamki, Xudo faqat sen uchun yangi yo'llar 


ochadi. Shukur qil! Hamma ishlar yaxshi 
bo'ladigan vaqtlarda shukr qilmoq oson, 
albatta. Lekin so'fiy berilgani uchun ham, 
berilmagani uchun ham shukur qiladi», degan 
qoidaga rioya etdim. 
Nihoyat bir kuni tongda ajib kurtakni ko'rib 
qoldim. U musiqiyday go'zal tarovat bilan 
qalin qorlar ostidan bosh ko'tarib turardi. Bu 
ushoqdakkina gullaydigan kichikkina 
yo'ng'ichqa edi. Yuragim quvonchga to'lib 
ketdi. Uyga qaytayotib mallasoch xizmatchiga 
duch keldim va u bilan quvnoq salomlashdim. 
U meni hamisha indamas va xafaqon 
yurishimga o'rganib qolgan ekanmi, turgan 
joyida qotib qoldi. 
- Tabassum qil, bolakay! - qichqirdim unga. - 
Ko'rmayapsanmi, axir bahor keldi? 
O'sha kundan boshlab atrofda hamma narsa 
zudlik bilan o'zgara boshladi. Qor tez eriy 
boshladi, daraxtlarda kurtaklar bo'rta boshladi, 
qushlar qaytib kelishdi va havo ham bahorning 
shirin xush bo'ylari bilan to'ldi. 


Bir kuni ertalab biz yana mis qo'ng'iroq 
jarangini eshitdik. Bu safar men birinchi bo'lib 
yugurib keldim Hammamiz yana doira yasab 
o'tirdik va ustoz IShQ yo'lining xavfu xataridan 
boshqa hamma narsani biladigan islom ulamosi 
haqida gap ochdi. Yana hech kim o'z ixtiyori 
bilan bu inson sari borishga xohish bildirmadi. 
- Demak, Shams yakkayu yagona ko'ngilli 
ekan, - e'lon qildi Bobo Zamon baland va 
shamolniki kabi ingichka ovoz bilan. - Lekin 
men qaror qabul qilish uchun kuzgacha 
kutaman. 
Men bundan larzaga tushdim. Quloqlarimga 
ishonmadim. Uzun uch oyni kutish bilan 
o'tkazdim, ustoz esa yana olti oy kutishni talab 
qilardi. Men juda tang ahvolga tushdim, isyon 
ko'tardim, iltijo qildim, lekin u rad etdi. 
Ammo bu safar kutish yengilroq bo'lishini 
tushunardim, chunki bundan bu yog'iga ortga 
surish bo'lmaydi. Qishdan bahorgacha turib 
bergach, mendagi otash kuzga qadar ham 
sovimaydi, deya qat'iy ayta olardim. Bobo 


Zamonning bu qarori mening hafsalamni pir 
qila olmadi. Aksincha, men dadillashdim, 
qat'iyatim yanada kuchaydi. Qoidalardan yana 
birida aytilganidek, «Sabr degani nofaollik 
degani emas. Sabr degani oqibatni ko'ra olish 
va unga ishonish demakdir. Sabrning ma'nosi 
nimada? Tikanga qarab turib, atirgulni 
ko'rmoqlikda; tunda bo'la turib, tongni ko'ra 
bilmoqlikda. Sabrsizlik esa uzoqni va kelajakni 
ko'ra bilmaslikdir. Xudoni sevuvchilar aslo 
sabrni yo'qotmaydilar, zero ularga oyning 
to'lishi, to'lin oyga aylanishi uchun vaqt 
kerakligi ma'lum». 
Kuz kelgach, mis qo'ng'iroq uchinchi marta 
jarangladi. Men endi hammasi hal bo'lishiga 
ishongan holda, shoshmasdan bordim. Ustoz 
odatdagidan zaifroq va rangparroq kurindi, 
go'yo quvvati qolmagandek edi. Shunga 
qaramasdan, u men yana qo'l ko'targanimni 
ko'rib, yuzini teskari burmadi va qarorini 
orqaga surmadi. U qat'iyat bilan menga bosh 
irg'adi: 


- Mayli, Shams, yo'lga tayyorlan. Inshoolloh, 
ertaga tongda sen bizni tark etasan. 
Men ustozning qo'lini o'pdim. Yo'lga qancha 
vaqt ketmasin, ertami-kechmi men 
suhbatdoshim bilan uchrashurman. 
Bobo Zamon yakkayu yolg'iz o'g'lini jangga 
kuzatayotgan ota kabi mehr va g'amginlik bilan 
menga kulimsiradi. Keyin zangori uzun 
to'nining cho'ntagidan muhrlangan maktubni 
oldi, uni menga uzatib, xonadan chiqib ketdi. 
Hamma darvishlar uning ortidan ergashdilar. 
O'zim yolg'iz qolgach, xat muhrini sindirdim. 
Unda o’z savollarimga javob topdim. Shunga 
ko'ra men Konyaga borishim va Rumiy bilan 
uchrashishim kerak edi. 
Quvonchdan yuragim qinidan chiqayozdi. Men 
avval bu ismni eshitmagan ekanman. Rumiy 
balki buyuk ulamodir, lekin men uchun u katta 
jumboq edi. 
Men «Rumiy» so'zini qayta-qayta, toki bu so'z 
obakidandon ta'miga, «suv», «non», «sut» kabi 
odatiy so'zlarga aylanmagunicha, tinimsiz 


takrorladim. 
Ella 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin