Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

2008 yil, 22 may, Nortgempton.
Oppoq paryostiq og'zidagi bemaza ta'mni va 
qattiq charchoq hissini arita olmadi. Kech 
yotish va me'yordan ortiq ichish nimaga olib 
kelishini Ella bilar edi, albatta. U o'zini 
o'rindan turishga, pastga tushishga, nonushta 
tayyorlashga, egizaklari va eri bilan birga 
nonushta stoli atrofida o'tirishga majbur etdi. 
Yotoqdagi o'rniga qaytib borish va uxlashni 
qanchalik istayotgan bo'lmasin, bor e'tiborini 
ularning o'quvchilarni maktabga olib 
kelayotgan zo'r hashamatli mashinalar haqidagi 
suhbatlariga qaratishga urindi. 
To'satdan Orli onasining yuziga qarab so'radi: 
- Avi endi opam uyga qaytmaydi, deyapti, oyi, 
to'g'rimi? 
Ella uning ovozidagi ayblov ohangini tuydi. 
- To'g'ri emas, albatta. Biz opang bilan 


janjallashib qoldik, lekin bilasan-ku, biz bir-
birimizni yaxshi ko'ramiz. 
- Siz Skottga telefon qilib, Janetni o'z holiga 
qo'yishini so'raganingiz rostmi? - masxaraomuz 
so'radi Avi bu gaplardan oshkora huzur 
qilarkan. 
Ella ko'zlarini katta ochib, eriga qaradi, Devid 
bu keraksiz detallarni bolalarga o'zi 
aytmaganini bildirish uchun qoshlarini yuqori 
ko'tardi va elkasini qisib qo'ydi. 
Ella yillar mobaynida orttirilgan tajribalaridan 
kelib chiqib, o'z ovoziga har doimgidek 
qat'iyatli tus bergan holda, bolalarga nasihat 
qila ketdi: 
- Unday emas. Men Skott bilan gaplashdim, 
lekin undan opangizdan voz kechishini 
so'raganim yo'q. Men faqat nikohdan o'tishga 
shoshilmasliklarini so'radim, xolos. 
- Bo'lmasa-chi: kim ham senga uylanaman deb 
turgan ekan? - uning gapini kesdi Avi. 
Bu ikki tirranchasi bir-biri bilan qanday 
cho'qishishlariga quloq solarkan, Ella asablanib 


zaharxandali kuldi, lekin o'sha zahoti jiddiy 
ko'rinish oldi. Lekin bu uncha o'xshamadi va u 
bolalarni eshikka kuzatib qaytayotganida ham 
lablarida bu kulgu zimdan saqlanib qolgan edi. 
Faqat stol yoniga qaytib kelganidan keyingina 
u o'zini qo'ydi. Oshxona xuddi kalamushlar 
armiyasi hujum qilganday holatda edi. 
Oxirigacha yeyilmagan tuxumlar, tishlab 
qoldirilgan non bo'laklari, yuvuqsiz idishlar. 
Buning ustiga Spirit aylantirib kelishini 
kutganicha ortidan ergashib yuripti. Ikki finjon 
qahvani va bir stakan multivitaminli ichimlikni 
ichib olganidan keyin ham Ellaning kuchi uni 
(itini) faqat bir necha minutgagina bog'ga olib 
chiqishga kuchi yetdi. 
Uyga qaytib kelgach, telefon avtojavob 
beruvchisining qizil chirog'i yonib turganini 
ko'rdi. Tugmani bosdi va uni behad xursand 
qilib, Janetning xushohang ovozi xonani 
to'ldirdi. 
- Oyi, uydamasmisiz?.. Shunaqaga o'xshaydi, 
bo'lmasa, trubkani olardingiz. - Hmm... Men 


sizdan juda qattiqranjigan edim va sizni boshqa 
ko'rgim kelmay qolgandi. Hozir biroz sovidim. 
Yo'q, baribir, siz noto'g'ri ish qildingiz, men 
buni yaxshi bilaman. Siz Skottga telefon 
qilmasligingiz kerak edi. Lekin men nima 
uchun bunday qilganingizni tushunaman. Lekin 
quloq soling, endi meni inkubatorda 
saqlaganday saqlashni bas qiling. Meni 
tinimsiz himoyalashni bas qiling! Meni qanday 
bo'lsam shundayimcha bo'lishimga qo'yib 
bering, xo'pmi? 
Ellaning ko'zlariga yosh qalqidi. Janet yangi 
tug'ilganida qanday bo'lgani esiga tushib ketdi. 
Qip-qizil jish, ojizgina, serajin, barmoqlari juda 
ingichka, og'zida nafas oldiradigan trubka - bu 
dunyoda yashashga sira moslasha 
olmaydiganday ko'ringan edi u. 
Ella murg'akning nafasi to'xtab qolmasa edi, 
yashab ketarmikin yo yashay olmasmikin
degan tahlikada necha kechalarni uyqusiz 
o'tkazdi. 
- Oyi, yana bir narsani aytay, - Janet bir narsa 


esiga tushib qolganday dedi. - Men sizni yaxshi 
ko'raman. 
Ella chuqur xo'rsindi. U Azizning maktubini 
esladi. Xohishlar daraxti uning iltimosiga javob 
qilipti-da. Hech bo'lmasa, qisman. Janet telefon 
qilib buning bir qismini amalga oshirdi. Endi 
qolganini Ella qilishi kerak edi. U qiziga 
qo'ng'iroq qilganida u universitet 
kutubxonasiga boradigan yo'lda ekan. 
- Qizalog'im, men hammasini eshitdim. Meni 
kechir, sening oldingda aybdorman va 
kechirim so'rayman. 
Bir daqiqalik, lekin xatarli sukutdan keyin 
Janet javob qildi: 
- Mayli, qo'yavering, oyi. 
- Yo'q, mayli emas. Men sening tuyg'ularingni 
hurmat qilishim kerak edi. 
- Keling, bu haqida boshqa gaplashmaylik, 
xo'pmi? - iltimos qildi Janet, endi ularning o'rni 
almashib qolganday - Janet onasiga, onasi esa 
Janetga aylanib qolganday edi. 
- Xo'p, azizam. 


Janet xuddi o'zi ham Elladan so'rashga 
qo'rqayotganday, ovozini pasaytirib shivirladi. 
- Siz o'shanda aytgan bir gapingizdan men 
qattiq o'kinib ketdim. Bu rostmi? Siz rostdan 
ham baxtsizmisiz? 
- Yo'g'-e, albatta, yo'q, - shosha-pisha javob 
qildi Ella. - Uchta ajoyib farzand ko'rgan 
bo'lsam, qanday qilib baxtsiz bo'lishim 
mumkin? 
Lekin bu javob Janetni qoniqtirmadi. 
- Men dadam bilan sizni nazarda tutayapman? 
Ella nima deyarini bilmas edi va to'g'risini 
aytishga qaror qildi. 
- Dadang bilan biz ko'pdan beri birga 
yashaymiz. Shuncha yil mobaynida avvalgi 
otashinlik saqlanib qolarmidi. 
- Tushunarli, - dedi Ella va taajjubki, Ella qizi 
uni chindan ham tushunganini his etdi. 
Trubkani joyiga qo'ygach, Ella o'zini erkin 
qo'ydi va ishq haqidagi fikrlarga berildi. 
Tebranuvchi kreslosiga o'rnashib olib xayolga 
cho'mdi: nahotki hech nimaga qaramay, unda 


ishqni his etish qobiliyati hamon saqlanib 
qolgan? Ishq bu telba dunyoda ma'no 
izlaganlar uchun-ku! Allaqachonlar izlamay 
qo'yganlar uchun u nimaga kerak? 
Kech kirishini kutmasdan, Ella Azizga xat 
yozdi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin