3. Kreditning asosiy shakllari va turlari Kapitalistik formatsiyaga qadar kreditning sudxo‘rlik shakli keng tarqalgan
bo'lib -bu qarz oluvchiga m a’lum foiz asosida qaytarib berish sharti asosida
beriladigan pullik ssudadir. Sudxo‘rlik kreditining obyekti bo‘lib sudxo'rlik kapitali
hisoblanadi. Sudxo‘rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi va
ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni paydo bo'lishi hamda jamiyatda
mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar — pul munosabatlarining rivojlanishi
davrida vujudga kelmasdir. Sudxo‘rlar krediti yergarovi asosida natura va pul
shaklida berilgan. Kreditorlik tuzumi davrida sudxo'rlik krediti yanada rivojlandi.
Feodalizm davrida esa kreditning pul shakliga o'tishi to‘la-to‘kis amalga oshirildi.
Pul boyliklarini sudxo'rlar qo'lida to ‘planishi kapitalning birlamchi jam g‘arilishiga
turtki (sababchi) bo‘ldi. Sudxo‘rlik kreditida qarz oluvchilar bo‘lib — asosan
mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar dehqonlar va xunarmandlar, ya’ni kreditdan
o‘zlarining zaruriy iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan
talablarini, kreditor va savdogarlarga soliqlarni va qarzlarni to'lash jarayonida
foydalanganlar. Bu qarz va to‘lovlar xramlarga, monastirlarga, cherkovlarga
toan’lgan. Sudxo‘rlik kapitalining xarakterli belgisi bo’lib - qarzdorlar tomonidan
ssudalarni noishlab chiqarish ko'rinishida foydalanish ustivor yo'nalish bo‘lib
hisoblangan va ssuda foiz yuqori darajada bo'lgan. U ndan so‘ng kreditning boshqa
shakllari (ko'rinishlari), ya’ni pul shaklidagi ko‘rinishlari rivojlana boshlagan.
Kreditning bu shakllari ssuda kapitalining harakatini bildirib — pul kapitali sifatida
namoyon bo'lgan. Pul kapitali qaytarib berishlik, to‘lovlilik va foiz stavkasi asosida
berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari bo‘lib: — qarzdorlar bo'lib savdo —
sanoat ishlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar; — qarz mablag‘lari — kapital
sifatida, ya’ni qo‘shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan; — ssuda foizi
manbasi bo‘lib — yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymati
hisoblanadi. Bu davrda kredit turli shakllarni egallaydi (oladi). Ular asosan
qatnashuvchilarning turiga, ssuda obyektiga, kredit foizi hajmiga va harakat qilish
11
muhitiga qarab farqlanadi (guruhlanadi). Shunga ko‘ra kredit bir necha shakllarga
bo'linadi.