Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati



Yüklə 202,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix22.09.2023
ölçüsü202,92 Kb.
#146917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat kreditning funksiyalari

 
 
 



2. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari 
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi 
kredit ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida 
kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning 
funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayyan ravishda namoyon 
bo'lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o‘rtasidagi 
oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar 
turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko‘pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta 
funksiyasi ko‘rsatilgan va asoslangan bo'lib ular quyidagilar: 
— kapitallarni qayta taqsimlash va foyda me’yorini tekislash (tenglashtirish);
— muomala xarajatlarini tejash
— kapitalning markazlashuvi; 
— kapitalni yig'ilishi va jamg‘arish funksiyasi. 
Biroq boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi 
ko‘rsatilgandir. Bu funksiyalar;
— qayta taqsimlash funksiyasi; 
— qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
— muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari 
bilan almashtiradi;
— rag‘batlantirish funksiyalaridir. 
Bu yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksiyalar yordamida kredit mamlakatdagi 
taqsimlangan va bo‘sh turgan moddiy va pul mablag'lari o‘z egalaridan vaqtinchalik 
boshqa mulk cgalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi. Kreditning qayta 
taqsimlash funksiyasi 2 ko‘rinishda pul va tovar shakllarida amalga oshirilishi 
mumkin. Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko'rinishda 
namoyon bo‘ladi:
— qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini 
ta’minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi.



— turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab 
chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin (sifat, 
tannarx, baho). Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag’larini kredit to‘lov 
vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari 
(banknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o‘z navbatida davlatni qarz majburiyatini 
bildiradi hamda oltin qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul 
belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari o‘z navbatida kredit muomala vositalari-
veksel, chek, plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin. Kreditning 
rag‘batlantirish funksiyasida — kredit ishlab chiqarish va muomalaga mikro va 
makro darajada ta’sir ko'rsatadi. Muomala to ‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi. 
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul 
muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullami siqib chiqarib, toiovlar 
aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi 
doirasiga veksellar, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli 
hisob-kitoblarni naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro 
bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu 
masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashishining kerakli elementi 
sifatida muhim o‘rin tutadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kxedit 
orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika 
taraqqiyoti har bir inamlakat yoki alohida xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy 
rivojining hal qilavchi omiliga aylangan.
 Kreditning asosiy tamoyillari 
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. 
Uning asosiy elementlari bo‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum 
tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit rivojlanishining birinchi 
bosqichida ko‘zga tashlangan edi. Keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro 
kredit qonunchiligida yaqqol o‘z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir 
necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytarib berishliligi, kreditning 
muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to‘lovlilik tamoyillaridir.




Yüklə 202,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin