Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustaqil
iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berishlik kreditning umumiy belgisi
hisoblanadi, qaytib berishlilik o‘z -o‘zidan vujudga kelmaydi: u moddiy
jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy
aylanishning tugashi — bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin
tayyorlashdir. Kreditni qaytarish aylanishdan chiqqan mablag'lar qarz oluvchiga pul
mablag‘larining qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib
berishlilik ikki yoklama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi
uchun ham bir xil darajada muhimdir.
Kreditning muddatliligi. Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o‘z
vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi
bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli
kreditlarga bo'linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo'lgan
har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan ma’lum muddatda
kreditni qaytarilishi zaair ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala
tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir.
Kreditning ta’minlanganligi . Bu tamoyil yordamida xalq xo‘jaligining
rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o'rtasida bo‘lishi zarur bo’lgan
proporsiyalarning bir me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. Bu tam oyilning asosiy
mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining
har bir so‘miga muayyan boyliklarning bir so'mi qarama-qarshi turishi kerak.
To‘lovlilik tamoyili . Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to‘lov resurslari
summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan
korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditorga foiz shaklida to‘lovni
o‘tkazadi. Kreditning to‘lovligi uni to‘liq summ ada o‘z egasiga qaytarilishinigina
emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to'lov bilan qaytarilishini ifodalaydi..