12
foizi — o'zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni
qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida
aholi daromadlari hisobidan
to'lanadi. Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki
kreditor bo'lib davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaklida
kaziagey (g‘azna) majburiyatlarini
chiqarish orqali, jamg‘arma tashkilotlari
jamg'armalari qoldiqlarini Davlat qimmatli qog'ozlariga joylashtirish orqali amalga
oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat zayomlari (qarzlari) Davlat budjeti
xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy usuli bo'lib xizmat qiladi.
Davlat
zayomlarini ishlatishning yakuniy natijasi bo'lib, davlat qarzining o'sishi, yangi
zayomlarni chiqarish hajmiga nisbatan foiz summasining qaytarish hajmi o'sib
ketadi. Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitali takror ishlab chiqarishda
ishtirok etmaydi, ya’ni u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi,
faqat budjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat
kreditidan tamomila farq qiladi. Chunki xususiy kreditida kreditor va qarz oluvchilar
bo'lib, xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Dostları ilə paylaş: