Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati



Yüklə 202,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix22.09.2023
ölçüsü202,92 Kb.
#146917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat kreditning funksiyalari

Xalqaro kredit.
Bu kreditlarni paydo bo'lishiga obyektiv asos bo'lib xo'jalik 
hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi sabab 
bo'ldi. Xalqaro kredit — bu ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi 
harakatidir. Bunda bir davlat tomonidan ularning banklari, yuridik shaxslari 
tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga 
muddatli hamda to'lovlilik asosida beriladigan kreditlar tushiniladi. Xalqaro kredit 
quyidagi belgilari bilan ajralib turadi; — kreditorlar va qarz oluvchilar bo‘lib 
xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va 
xalqaro valuta krediti institutlari bo‘lishi mumkin; — qarz mablag‘lari qarz oluvchi 
mamlakatda foiz keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; — ssuda foizi manbasi bo‘lib 
qarzdor-mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi. Xalqaro bank krediti 
— bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga, yuridik va jismoniy 
shaxslarga) qisqa va o‘rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan 
kredit shaklidir.


13 
4. Kredit nazariyalari tanqidi 
Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda 
hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga turlicha balio berib kelganlar
ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari uni 
o‘rnini keyingi darajaga qo'yib kelganlar. Kredit to‘g‘risidagi nazariyalar ikki 
guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi kreditning naturalistik nazariyasi deb 
nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari bo‘lib A.Smit va D.Rikardolar 
hisoblanadilar. Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriladi, ya’ni kredit 
faqat jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qayta 
taqsimlash shakli bo'ladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili bo‘la 
olmaydi. Bu nazariyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
— kredit moddiy qiymatliklami bir qo'ldan ikkinchisiga o‘tkazishda texnik 
vosita (qurol) bo‘lib hisoblanadi. 
— kredit obyekti bo'lib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi;
— ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakati ishlab 
chiqarish kapital harakatiga mos keladi; 
— banklar moddiy qiymatliklami bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga 
o‘tkazib beruvchi vositachi sifatida ishtirok etadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan kredit nazariyasi yo‘nalish namoyondalari 
tomonidan kredit to‘g‘risida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto‘g‘ri 
xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki ular kreditning (ssuda kapitalini) 
harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalining harakatini noto‘g‘ri ko‘rsatib 
beradilar. Hattoki kreditni qayta taqsimlash funksiyasini ham oxirigacha olib bera 
olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shuki, ular kreditni ishlab 
chiqarishga bevosita bog'liq, lekin ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta’sirini 
ko‘rsatib bera olmaganlar. Haqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini natijasi 
bo‘lib, ikki xususiyatga ega, ya’ni kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga 
ta’sir ko‘rsatishi, yoki unda qarama qarshiliklarni ham vujudga keltirishi mumkin. 

Yüklə 202,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin