III.Lingvistik manbalar.
Tilimizda, aniqrog‗i uning leksik tarkibida uzoq
o‗tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘muriy va huquqiy atamalar: xiroj (O‗rta
asrlarda aholidan, asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig‗i),
ushr (soliq turlaridan; daromadning 1/10 qismini tashkil etgan), zakot (chorva va
mol-mulkdan kambag‗allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq, miqdori mol-
mulkning 1/40 qismini tashkil etgan). Suyurg‗ol (shahzodalar va amirlarga toju-
taxt oldida ko‗rsatgan katta xizmatlari uchun berilgan yer-suv) cherik (qo‗shin),
qorovul (qo‗shinning oldi va yon tomonlardan boradigan maxsus harbiy bo‗linma),
xalifa (Muhammad (s.a.v) payg‗ambarning o‗rinbosari; O‗rta asrlarda arab
musulmon davlatining boshlig‗i), mirishkor (to‗g‗rirog‗i miri shikor: podshoh va
xonlarning ov qushlari va ov hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; ov
mutasaddisi), mirob (suv taqsimoti bilan shug‗ullanuvchi mansabdor), qozi (shariat
asosida ish yurituvchi sudya), yorliq (O‗rta asrlarda oliy hukmdor tarafidan
beriladigan rasmiy hujjat), vaqfnoma (yer-suv yoki daromadning ma‘lum qismini
masjid, madrasa va mozorlarga in‘om etganligi haqida tuzilgan maxsus hujjat) joy
hamda xalq, qabila va urug‗ nomlari: Aravan, Kampir, Ravot, Nukus, Xo‗jayli,
Chinoz, Nayman, Saroy, Qo‗ng‗irot va boshqalar juda ko‗p uchraydi. Bu va
shunga
o‗xshash atamalar shubhasiz qimmatli tarixiy manba bo‗lib,
ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‗rganishga yordam beradi. Ularning
kelib chiqish va etnologiyasini lingvistika fani o‗rganadi.
IV.Xalq og„zaki adabiyoti.
Og‗zaki adabiyot madaniyatining eng qadimgi
sohalaridan bo‗lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib
taqaladi. Og‗zaki adabiyotning ayrim namunalarini qadimgi yunon tarixchilari,
shuningdek Tabariy, Ma‘sudiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi sharq
olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Qayumars, Jamshid va Siyovush
haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To‗maris va Shiroq haqidagi qissalar shular
jumlasidandir.
Urug‗chilik va feodalizm davri taraxini, ayniqsa patriarxal-feodal
munosabatlarni o‗rganishda, «Alpomish», «Go‗ro‗g‗li» kabi dostonlar, shuningdek
xalq ertaklari, marosim qo‗shiqlari, matal va topishmoqlarning roli ham benihoya
kattadir. Yozma adabiyotdan avval paydo bo‗lgan bu xalq durdonalari turli
ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish-turmushi, ma‘naviy qiyofasi, urf-
odati, ayniqsa uzoq o‗tmishda ham hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida
qimmatli ma‘lumot beradi.
Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (ing. folk-lore ―xalq donoligi‖
donishmandlik, xalq donoligi) fani shug‗ullanadi.
Dostları ilə paylaş: |