Moddiy (ashyoviy) manbalar. Ma‘lumki kishilik jamiyat tarixi qariyb 3
mln. yillik davrni o‗z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo‗lganiga esa ko‗p vaqt
o‗tganicha yo‗q. Masalan sivilizatsiyaning ilk o‗choqlaridan bo‗lmish O‗rta
Osiyoda dastlabki yozuv oromiy yozuvi negizida taxminan eramizdan avvval bir
ming yillik o‗rtalarida paydo bo‗lgan. Tarixchi Erkin Oxunjonovning ma‘lumotiga
ko‗ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o‗n sakkiz xil yozuv turi mavjud bo‗lgan,
lekin afsuski, ko‗hna tariximizni o‗zida aks ettirgan yozma manbalarning katta
qismi bizning zamonamizgacha yetib kelmadi. Ularning ko‗pchiligi bosqinchilik
urushlar vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida yo‗q bo‗lib ketgan. Ilk tarixning
ayrim lavhalari o‗tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog‗liq
bo‗lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog‗i ularninig bizgacha saqlangan qoldiqlari
yetib kelgan.
Moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va
dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli inshootlar
(qal‘a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari
hamda suv inshootlari va boshqalar) ning qoldiqlari, uy-ro‗zg‗or va zeb-ziynat
buyumlari tushuniladi.
Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o‗rganish ishlari bilan arxeologiya
ilmi (yunon, arxeo-qadimiy, logos – ilm o‗tmish haqidagi ilm; kishilik
jamiyatining uzoq o‗tmishini o‗rganuvchi ilm) shug‗ullanadi.
II.Etnografik manbalar. Xalqlarning kelib chiqish bilan bog‗liq bo‗lgan
material va ma‘lumotlar, xalq, qabila va urug‗ nomlari, inson qo‗li va aql-zakovati
bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida,
shuningdek og‗zaki va yozma adabiyotlarda saqlanib qolgan o‗tmish tarzi
etnografik manba hisoblanadi.
Bularning barchasini etnografiya (yunon, ἔθνος-―etnos‖-xalq, γράφω-
―grapho‖ – yozaman, tasvirlayman, xalq haqidagi ma‘lumotlar; xalqshunoslik) ilm
tekshiradi va o‗rganadi.