9
obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o‗rganmoqchi
bo‗lsak, nafis mo‗jaz tasviriy san‘at namunalari-miniatyura rasmlar qimmatli
manba rolini o‗taydi. Chunki, ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba‘zan badiiy
ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musavvir
ustod Kamoliddin Behzodning ―Samarqanddagi Bibixonim masjidining qurilishi‖
nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi mehnat qurollari,
qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to‗g‗risida mukammal tasavvur
beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o‗rganishda tasviriy
vosita sifatida unumli
foydalanish mumkin. Biz so‗nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan
shunchaki befarq foydalanishlarini ko‗rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha yetib
kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qo‗lyozma kitoblarga ishlangan hamda alohida
muraqqa‘lardagi rasmlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati juda katta.
VI.Yozma manbalar:
Tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi.
Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‗i kishilarning o‗zaro munosabatlarining
natijasi o‗laroq yaratilgan va o‗sha zamonlarda sodir bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy
voqealarni o‗zida aks ettirgan manba sifatida o‗rta asr (VI-IX asr)
tarixini
o‗rganishda muhim o‗rin tutadi. Yozma manbalar o‗z navbatida ikki turga
bo‗linadi:
1.Oliy va mahalliy hukmdor mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar
(yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy hisobot daftarlari,
rasmiy
yozishmalar)
2.Narrativ (lotin. Narratio-qissa, hikoya) yozma manbalar. Bunday
manbalarga tarixiy, geografik va kosmografik, biografik, agiografik,
memuar
asarlar, sayyoh va elchilar esdaliklarini kiritish mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni
o‗rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarining
ahamiyati nihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy siyosiy hayotini ma‘lum
yuridik shaklda bevosita va ko‗p hollarda aynan qayd etish bilan qimmatlidir.
Lekin ularning olamda ayniqsa rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi.
Shuning uchun ham ulardan foylanilganda diqqat-e‘tibor va zo‗r ehtiyotkorlik
talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, aniqrog‗i
undan biron ijtimoiy-
siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida bir hujjat bilan
kifoyalanmasdan o‗xshash bir nechta hujjatni qo‗shib o‗rganmoq zarur, chunki
bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki bir fakt ustida gap boradi, shuning uchun
faqat bir hujjat bilan ma‘lum ijtimoiy siyosiy masala ustida qat‘iy fikr yuritib
bo‗lmaydi.
Tarixiy geo-kosmografik hamda biografik asarlar masalasiga kelganda
avvalo
shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig‗i bilan yozilgan va
shu tufayli ularning sahifalarida ko‗proq podsholar va xonlarning amirlar va yirik
10
ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan, mehnatkash xalqning tarixi esa ko‗p
hollarda chetlab o‗tilgan. Bu asarlarda hukmron feodal sinfning dunyoqarashi o‗z
ifodasini topgan, o‗sha tabaqaning maqsad va manfaatlarini himoya qiladi. Bu
tabiiy hol, albatta. Lekin, shu sababdan bunday asarlarni e‘tiborsiz qoldirish xato
bo‗lur edi, chunki uzoq o‗tmishda bo‗lib o‗tgan voqealar tafsilotini faqat shu
asarlarning sahifalaridagina saqlanib qolgan. Qisqa qilib aytganda o‗tmishni bu
asarlarsiz o‗rganib bo‗lmaydi. Lekin ularni o‗rganish
jarayonida, ularning
sahifalarida keltirilgan axborot va faktik materiallardan foydalanishda hushyor
bo‗lib, ya‘ni ularga sinfiy va tanqidiy yondoshish talab qilinadi.
Tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar bizgacha ko‗p miqdorda yetib
kelgan va o‗rta asrlar davri tarixini o‗rganishda ular asosiy manba hisoblanadi.
Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari: paleografiya,
diplomatika, geroldika, sfragestika,
epigrafika, numizmatika, metrologiya va
xronologiya qo‗lga kiritgan yutuqlarga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: