O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Paleografiya
(yunoncha παλαιóς ―qadimgi; muhim‖ va γράφω ―yozmoq‖ ) 
yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini oʻrganuvchi tarixiy-
filologik fan; nazariy paleografiya tarixan oʻzgargan yozuv xususiyatlarining 
qonuniyatlarini aniqlaydi; amaliy va tavsifiy paleografiya muayyan qoʻlyozmaning 
qachon va qayerda yaratilganini, uni yozgan yoki koʻchirgan shaxsning ishtirokini 
hamda kotiblarning ish hajmini aniqlash maqsadida kotiblarning yoki ayrim 
qoʻlyozmalarning individual (oʻziga xos) jihatlarini oʻrganadi. 
Diplomatika 
(grek. Diploma – ikki buklangan qog‗oz, hujjat) rasmiy 
hujjatlarni o‗rganish va tahlil qilish bilan shug‗ullanadi. 
Geraldika 
(lot. heraldus — jarchi, gerold)-gerbshunoslik, turli-tuman 
nishon va belgilarni o‗rganadi. (masalan, Oʻzbekistonda ham qadimdan muhrlar, 
tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urugʻ yoki hunarmandchilik 
uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini ma‘lum, geraldika 
o‗shalarni o‗rganadi). 
19-asrning 2-yarmidan gerblarni oʻrganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab 
13-asrdan 19-asrning l-yarmigacha dvoryan, tsex va yer mulklarining gerblarini 
tuzish bilan geroldlar shugʻullanganlar (Geraldika atamasi shundan olingan). 
Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma 
manbalarni oʻrganadi, milliy anʼanalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo 
iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrganishda yordam beradi.
Sfragistika 
(yun. σφραγίς sphragis - muhr) yoki 
sigillografiya
(lot. 
Sigillum-muhr va yunoncha γράφω, grapho-yozaman) qadimiy muhrlar podsholar, 
xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini tekshiradi. 
18-asrda diplomatiyaning boʻlimi sifatida shakllanib, hujjatlarni tasdiqlash 
hamda ularning haqiqiyligini aniqlash asosiy vazifasi bo‗lgan. Muhrni 10-15-


11 
asrlarda faqat oliy hokimiyatdagi kishilar qoʻllagan va oʻz tipik belgilari bilan 
knyaz, yepiskop (Rossiya), shahar hokimi, mingboshi, noib, qozi, muftiy muhri 
(Oʻrta Osiyo) va boshqalarga boʻlingan 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin