112
Mirzo Ulug‗bek buyuk olim va ilm-fan hamda
madaniyat homiysi sifatida
tarixda qoldi. Samarqand uning zamonida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat
markazlaridan biriga aylandi.
Mirzo Ulug‗bek ikki yirik asar yozib qoldirdi. Bulardan biri «Ziji Jadidi
Ko‗ragoniy» bo‗lib, klassik astronomiyaning nazariy
va amaliy masalalarini
qamrab olgan; Samarqand astronomlarning ko‗p yillik ilmiy kuzatishlarini bayon
etuvchi asar hisoblanadi.
Ikkinchisi tarixiy asar bo‗lib, unda XIII-XIV asrlarda mo‗g‗ul imperiyasi
tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan.
Asar «Ulus-i arba‘yi Chingizxon» (Chingiziylarning to‗rt ulusi tarixi) yoki «Tarixi
arba‘ ulus» (To‗rt ulus tarixi) nomi bilan mashhur. 1425 yilda yozib tamomlangan.
«Tarixi arba‘ ulus» muqaddima va to‗rt qismdan iborat.
Muqaddima O‗rta asrlar tarixchilari o‗rtasida hukm surgan an‘anaga ko‗ra
islomiyatdan avval o‗tgan payg‗ambarlar, turklarning
afsonaviy ota-bobolari
hisoblangan. Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek Turk-mushul
qabilalari va Chingizxon ta‘rifi bayon qilingan.
Birinchi qism, Ulug‗ yurt, ya‘ni Mo‗g‗uliston va Shimoliy Xitoy tarixi:
Ugadayxon (1227-1241yy.) davridan to Ariqbug‗onnning avlodi Urdayxon
zamonigacha yuz bergan voqealarni o‗z ichiga oladi. Ikkinchi qismda Jush ulusi,
ya‘ni Oltin O‗rda tarixi Jujixon davridan to Shohruxning zamondoshi bo‗lmish
Muhammadxon zamonigacha; XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham
aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor (xon)
ustida qisqacha va alohida-alohida to‗xtalib, ularning davrida sodir bo‗lgan
voqealardan eng muhimlarini bayon etgan.
«Tarixi arba‘ ulus»ning ayrim qismlari, xususan uning to‗rtinchi qismi ko‗p
jihatdan Sharofuddin Ali Yazdiyning «Muqaddimai Zafarnoma»siga o‗xshab
ketadi, lekin «Tarixi arba‘ ulus» bir muncha to‗la asar. Bundan tashqari unda to‗rt
ulus o‗rtasidagi siyosiy munosabatlar «O‗zbek» etnomining
kelib chiqish vaqti
xususida ham qimmatli ma‘lumotlar uchratamiz.
Qisqasi «Tarixi arba‘ ulus» O‗rta Osiyo va Qozog‗istonning XIII-XIV
asrlardagi tarixini o‗rganishda, ayniqsa Chig‗atoy ulusi tarixini o‗rganishda muhim
manbalardan biri vazifasini o‗tashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: