Matematikani darslarida matematik modellahtirish


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 395,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.09.2023
ölçüsü395,23 Kb.
#147051
1   2   3   4   5   6   7
matematikani-darslarida-matematik-modellahtirish-asosida-iqtisodiy-masalalarni-o-qitish-metodikasi

 
 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Aniq yechimga ega har qanday masala bir necha usullar yordamida yechiladi. 
Agar yechilayotgan masala yetarlicha aniqlikda matematik munosabatlar orqali 
ifodalansa, bu masalani matematik modellashtirish usuli yordamida yechish mumkin. 
Masalani bu usulda yechish matematik modellashtirish jarayoni deb ataladi.
Тekshirilayotgan ob‟ekt xossa va xususiyatlarini matematik munosabatlar 
orqali ifodalash shu ob‟ektning 
matematik modeli 
deb ataladi. Matematik model 
qurish va uni yechish jarayoni esa 
matematik modellashtirish 
deyiladi. 
Iqtisodiy tafakkur ijtimoiy – iqtisodiy normalarini, qoidalarini, turli tashkilotlar 
faoliyatini o„zida aks ettiradi. 
Matematika darslarida o„quvchilarni iqtisodiy bilimlilik ruhida tarbiyalashning 
eng ko„p tarqalgan vositalardan biri bo„lgan, shunday masalalar mavjudki, ular ishlab 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1445 www.ares.uz 
chiqarish bilan bevosita bog„langandir. Matematika fani bo„yicha darsliklarda biz 
shunday masalalarni kuzatishimiz mumkinki ularda iqtisodiy tushunchalarning 
tannarh, hosildorlik, unumdorlik, yerdan ratsional foydalanish, yer tartibini optimal 
o„rganish, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishning texnik ta‟minotining hajmini 
aniqlash, texnologiyalardan samarali foydalanish kabi ko„rsatkichlar ko„p ishlatiladi. 
Shuning uchun o„qituvchi iloji boricha o„quvchilarga iqtisodiy bilimlarga mos 
keladigan matematik masalalar yechishning ahamiyati haqida maxsus tarbiyaviy 
soatlar va tushuntirish ishlarini olib borishi kerakki, bu fikrlar o„quvchilarning ongiga 
borib yetsin. 
Iqtisodiy tafakkurning asosiy komponentlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
1)
Aniq tafakkur (kuzatish va tajriba); 
2)
Abstrakt tafakkur (analitik, mantiqiy); 
3)
Funksional tafakkur.
Matematikani o„qitish jarayonida aniq tafakkur ko„rgazmali qurollar, har xil 
firmalarning o„zaro savdo aloqasi haqidagi videofilmlar orqali namoyon bo„ladi. 
Aniq tafakkur abstrakt tushunchalarni o„rganishda muhim rol o„ynaydi. Abstrakt 
tafakkur analitik va mantiqiy tafakkurlar ko„rinishida sodir bo„ladi. 
Analitik tafakkur iqtisodiy masalaning matematik modeli orqali vujudga 
keladi. Ushbu masalani analitik tafakkurga misol qilib olishimiz mumkin: 
Ma‟lumotlarga ko„ra o„rtacha bir oila bir kunda 7 soat televizor ko„rar ekan. 
Agar televizor soatiga 300 Vt elektr energiyasi sarflasa, oila bir oyda qancha kVt soat 
elektr energiyasi sarflaydi? 
1)
kVt soat 
sum deb olinsin; 
2)
mantiqiy tafakkur matematika o„qitishda faktlardan nazariyaga, ya‟ni 
induktiv va aksincha, nazariyadan faktlarga, ya‟ni deduktiv metodlarga asoslanadi. 
Deduksiya va induksiya bir-biriga zid yoki yakka holda emas, balki bir-birini 
to„ldiruvchi metodlar hisoblanadi. Bu metodlarga masalalar keltiramiz:
1)
Bozorda go„sht narxi 80 so„m bo„lganda unga talab qiymati 8 kg, 90 so„m 
bo„lganda esa talab qiymati 7 kg ni tashkil etadi. Narx 100 so„m bo„lsa talab hajmi 
necha kg bo„lishini hisoblang.
1.Dalillar 
induksiya 
2.Qonunlar 
yoki nazariya 
3.Iqtisodiy 
siyosat 
deduksiya 
Bu masalada xususiylikdan umumiylikka o„tilyapti, ya‟ni induktiv metod 
qo„llanilyapti. 



Yüklə 395,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin