129
bo‘ladigan aralashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar
natijasi hisoblanadi
(J.M.Keyns tasdig‘iga qarshi);
Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. M.Fridman fikriga ko‘ra pul-kredit
siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi, chunki pul – bu maxsus tovar,
uni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pul
iqtisodiyotni tartiblash va
barqarorlashtirish rolini bajarishga qodir;
Uchinchi qoida – pul siyosati uzoq muddatli harakterga ega, pul massasidagi
o‘zgarishlar YAIMga birdan emas, balki bir oz vaqtdan keyin ta’sir ko‘rsatadi.
Pul massasi bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi zarur. Real
YAIMning o‘sishi bir yilda 3%ni tashkil etganda (AQSH uchun), pul
massasining o‘rtacha o‘sish sur’ati 4-5% miqdorida belgilanishi lozim.
Agar pul massasining o‘sish sur’ati YAIMning o‘sish sur’atidan past bo‘lsa, unda
qisqa muddatli davrda
ishlab chiqarish pasayadi, lekin uzoq vaqt o‘tishi bilan
iqtisodiy o‘sish o‘zining «tabiiy» holatiga keladi. Pul massasining yetishmasligi esa
talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, real ishlab chiqarish xajmi esa pasayib boradi.
Ayirboshlash tenglamasi
M.Fridman
konsepsiyasi
pulning
miqdoriy
nazariyasiga
asoslanadi.
Muomalada pul massasi ko‘paysa baholar o‘sadi, pulning
harid quvvati esa baho
darajasiga bog‘liq. Bir qancha o‘rtacha hisob-kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini
ta’minlovchi naqd pul M.Fridman
tahmin qilishicha, bir yillik daromadning (MD)
1/10 qismini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, pul yiliga o‘n marta aylanishi lozim.
Monetarizmning asosiy tenglamasi qo‘yidagi tenglama hisoblanadi (I.Fisher
tenglamasi):
M x V = P x Q,
Bu yerda M – pul miqdori, V - muomaladagi pulning aylanish tezligi, P –
baholar darajasi, Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori.
Pul miqdorining o‘sishi, o‘z navbatida baholar
yoki ishlab chiqarish
miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida dalolat beradi.
(Pul taklifi o‘sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi).
Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiyaga talab kengayadi. Kapital
qo‘yilmasining ortishi bilan YAIM ko‘payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi).
Dars yakunida o‘qituvchi talbalarni mashg‘ulot
davomida bergan javoblari,
tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingash olishlari
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.
Dostları ilə paylaş: