126
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri
keladi va XX asr 20-30 yillarida AQShda keng tarqalgan.
Yo‘nalishning nomi lotincha «institut» – urf-odat,
muassasa, ko‘rsatma
so‘zidan olingan.
Yo‘nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining
harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi.
Xususiy mulk, soliq, pul, kredit,
foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli
hisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum
guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi,
o‘ylash
usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq
qiladilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi. 1.
Eski negativ maktab
(20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell
(1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi.
Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen
iqtisodiy
jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‘laydi.
Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya
va matematika hisob-
kitoblarini ustun qo‘yadi.
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy
institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va
«XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital
mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish.
Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab
chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy
jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi.
Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: