122
Keyinchalik
«talab
bahosi»
rivojlantirilib
«talabning
elastikligi»
(qayishqoqligi)
konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx)
o‘zgarishiga bog‘liqligi ko‘rsatkichidir.
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi bosqichi yangi klassik yo‘nalish
bo‘lib,uning shakllanishi ingliz Alfred Marshall nomi bilan bog‘liq (yuqorida
berilgan), shu yo‘nalish tarafdorlari ichida amerikalik J.B.Klark, italiyalik V.Pareto
g‘oyalarini ko‘rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik usullar yetakchidir.
Yuqorida dastlabki ikki olim haqida fikr bildirgan bo‘lsak, bu yerda Vilfredo
Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g‘oyalari kata ahamiyatga ega. Uning asosiy
asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va
«Umumiy sotsialogiya bo‘yicha traktat»(1916). U L.Valras bilan (1982 yildan) birga
Lozane universitetida ishlay boshladi.
Uning asosiy xizmati shuki, u asosiy
marjinalistik tushuncha «foydalilik» («naf»)ni miqdoriy o‘lchashniig yangi usulini
taklif etdi, u «ijtimoiy maksimal foydalilik» yoki «Pareto optimumi»ni
muomalaga
kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning turmush darajasi yaxshilanishi barchaning
turmush darajasi ortishi uchun yoki jilla bo‘lmasa yomonlashmasligi mumkinligini
hisoblash imkonini beradi. Bu konsepsiya foyda (foydalilik)ni
maksimum qilish
uchun optimal qaror qabul qilish yo‘lini yaratadi.
Uchinchi gurux uchun tarqatma material.
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori,
iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridman (1912) hisoblanadi.
Uning
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asari (1956) katta ahamiyatga
ega.
Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi va pul-kredit
dastaklari turadi. Monetarizm bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariya bo‘lib,
davlatning pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlangan holda, pul
muomalasini nazorat qilish rolini tan oladi. Boshqa sohalarga davlat aralashuvini
inkor etadi.
Pulga bo‘lgan talab va taklif
Inson bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z boyliklarini har xil shakllarda (pul,
qimmatli qog‘ozlar, yer uchastkasi, ko‘chmas mulk) saqlashi mumkin. Boylikning bir
qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. M.Fridmanning
real kassa
qoldiqlariga bo‘lgan talab formulasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega:
D
m
= M / R = F ( R
b,
Re, P
e,
K, Y/R, u),
Bu yerda: M / R – real kassa qoldiqlari summasi, R
b
va Re – obligatsiya va
aksiyalardan olinishi kutiladigan
nominal daromad normasi, P
e
– baholar o‘zgarishi,
K – moddiy ashyoviy shaklda jamg‘arilgan boyliklar ulushi, Y/R – real daromad , u –
hisobga olinmagan omillar.
Muomalada pul taklifi markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi, tijorat
banklari
beradigan kreditlar miqdori, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga
solinib turiladi. Pul massasi ko‘p bo‘lsa tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori
123
bo‘ladi. Pul massasining ko‘payishi bilan baholarning o‘sishi
kelib chiqadi, bu esa
tadbirkorlarni ishlab chiqarish xajmini kengaytirishga,
mahsulot yetishtirishni
ko‘paytirishga rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: