121
almashuvchi
tovarlar,
o‘zaro to‘ldiruvchi tovarlar,
matematik
ifodalar, Valras
qonuni,
tartibli foydalilik,
optimal
holat,
qimmat,
iste’mol,
Mavzudagi qolgan savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasida olib
boriladi. Buning uchun gurux yangidan kichik guruxlarga bo‘linadi. (Avvalgidek
qolishi ham mumkin). Har bir guruxga tarqatma material beriladi. Guruxlar tarqatma
material bilan tanishib o‘zaro fikrlashadilar
va vaqt tugagach, guruxdan saylangan
lider fikrini bayon qiladi. Boshqa guruxlar bayon etilgan fikrlarni to‘ldirishi va
qo‘shimcha savollar berishi mumkin. Shu tarzda bu jarayon savollar to‘liq
yoritilib
berilguncha davom ettiriladi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material.
Alfred Marshall (1842-1924)
marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya)
universitetida o‘qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‘qituvchilik
qildi.
1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod
Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari»
(«Prinsipi ekonomiki») (1890)
hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob
olim hayoti davomida 8
marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‘g‘risida
fikr yuritiladi.
Olim tadqiqotlarida bozorda erkin baho shakllanishi muammosi asosiy o‘rinni
egallaydi. Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va taklif
bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Chiziqlar kesishgan
joyda ular orasidagi
muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo‘’tadil baho o‘rnatiladi.
U xususan, baho pasayishi Bilan talab ortishi (baho pasayishi Bilan talab
pasayishi), baho pasayishi Bilan taklif pasayishi (baho ortishi Bilan taklif ortishi)ni
ko‘rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: