To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. Tarixiy maktab g‘oyalarini Karl
Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtai
nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning
qarashlarini himoya etish va muntazamlashti-rishga harakat qildi. K.Knis alohida
iqgisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar
bor deb da’vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va kapitalizmning
abadiyligi to‘g‘risida. xulosa chiqardi.
Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usul poziqiyalarida turib tez qayta qurish
mumkinligini asoslamoqchi bo‘ldi. Uning fikricha, siyosiy iqgisod faqat iqtisodiy
hodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalarni berishga qodir
emas. Knis iqgisodiy hodisalarni bilib olish hodisalari deb statistika va tarixiy
bayonni tan oldi. U iqgisodiy siyosatga katga ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga
oshirish uchun turli xalqlarning iqgisodiy turmushiga oid kuzatuvlardan olingan aniq-
ravshan shart-sharoitlarni bilish zarurligini uqgirdi. Knis millat turmushining
iqgisodiy sharoitlari uchun shaxs, jamiyat va davlatning mas’uliyatini qorishma
tarzda birlashtirmoqchi bo‘ldi, pulni talqin etishda metallchilar konsepsiyasi
pozitsiyasida qoldi.
Beshinchi gurux uchun tarqatma material. 1848 yilda Bruno Gildebrand
(1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu
kitobda u F.Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqqi.
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga
qarshi kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi. B.Gildebrand iktisodiy hodisalarni
tadqiq qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul jamiyat tizimining iqgisodiy
qonunlarini taxlil etishga statistika va tarixiy ma’lumotlarni yuzaki tarzda to‘plashni
qarama-qarshi qo‘ydi. U qiymatni foydalilikdan iborat deb biddi va xususiy
mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqqi. Xususiy mulk-chilikni har
qanday ta’na qilishni tarixiy qrnuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb ta’rifladi.
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit
xo‘jaligini o‘z ichiga oladi. U ay-irboshlash konqepqiyasiga asoslanib ish tutadi va
ishlab chiqarish vositalarining bu xususiyatini tan olmaydi, holbuki uning xususiyati
iqtisodiy formaqiyaning ijtimoiy tabiati-ni va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini
tashkil qildi. 1861 yilda B.Gildebrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha
Yen universitetida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z asarlarining maqsadi qilib millat
xo‘jalik rivojlanishi qonunlarini o‘rganishga e’tiborni qaragdi, turli xalqlar iqtisodiy
tarixini o‘rganishda taqqoslash usulini qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi.