120
Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va
foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni.
1.Marjinalizm so‘zi nimani anglatadi.
Ushbu savolni yoritib berishda
biz «Aqliy
xujum» texnologiyasini qo‘llaymiz. Talabalarning fikrlaridan foydalanamiz. Buning
uchun talabalar tomonidan beriladigan fikrlarning hammasini inobatga olinadi.
Yetarlicha fikr yig‘ilgandan keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar umumlashtriladi.
Texnologiyaning muhim tomoni
talabalar erkin fikrlaydilar, ularning fikrlari tanqid
qilinmaydi,
nazardan chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini bayon etishga ishonch
paydo bo‘ladi.
2.Avstriya, Kembrj, Lozanna maktablarining nomoyondalari va yo‘nalishlari
to‘g‘risidagi savolni yoritish «Charxpalak» pedagogik texnologiyasi foydalaniladi.
Bunda gurux talabalar soniga qarab 3tadan 4ta kichik guruxga yoki 4tadan
kichik
guruxlarga bo‘linadi. Har bir guruxga tarqatma meterial beriladi. Har bir gurux har
xil rangdagi marker yoki har xil rangdagi ruchkalardan foydalanishlari lozim.
Tarqatma materialda jadval berilgan bo‘lib, jadval 4ta ustunga bo‘linadi.
Birinchi ustunda Avstriya, Lozanna, Angliya
maktabining nomoyondalari, ularning
asarlari va ta’limotlari aralash yoziladi. 3chi, 4chi, 5chi
ustunlarda mos ramishda
maktablar nomlari yoziladi. Har bir gurux birinchi usutundagi tayanch so‘zlardan
qaysi maktabga mosligini gurux bilan fikrlashib topadi va kerakli ustunga yozadi.
Belgilangan vaqt tugagach qog‘ozlar charxpalakdek aylanadi. Shu tarzda bu jarayon
kerakli fikr yig‘ilguncha va belgilangan vaqt tugaguncha davom ettiriladi va natijalar
muhokamasi tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: