124
qaratilgan. Ma’lum ma’noda har ikala nazariya bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi. Agar
J.M.Keyns daromadlarning harajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab bergan bo‘lsa,
M.Fridman esa daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
Monetarizm ham, keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash
zarurligidan kelib
chiqadi.
J.M.Keyns konsepsiyasi
M.Fridman konsepsiyasi
1) Davlatning bozor xo‘jaligiga
aralashuvi zarur;
1) Bozor o‘zini o‘zi tartiblashga qodir;
2) Ish bilan bandlik yalpi talabga
bog‘liq;
2) Iqtisodiyot o‘zi ishlab chiqarish va
ish bilan bandlik darajasini o‘rnatadi;
3) Pul massasi ishlab chiqarishga
nisbatan xolis ( umuman ta’sir
etmaydi);
3) Pul massasi – baholarning o‘sishi va
kon’nkturaning o‘zgarishi sababchisidir;
4) Asosiy muammo – ishsizlik;
4) Asosiy muammo – inflyatsiya;
5) O‘zgaruvchan pul siyosati lozim;
5) Barqaror pul siyosati zarur;
6) Byudjet kamomadi –
talabni
rag‘batlantirish vositasi;
6) Byudjet kamomadi – inflyatsiya
sababchisi;
7) Keynschilik – iqtisodiy o‘sish
nazariyasi.
7) Monetarizm – iqtisodiy muvozanat
nazariyasi.
M.Fridmanning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo‘l pul siyosatidir,
har yili kon’yukturaga bog‘lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi,
bu yo‘l AQShda yaxshi natija berdi.
Dars yakunida o‘qituvchi talbalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari,
tartibi, gurux bo‘lib
ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingash olishlari
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.
Dostları ilə paylaş: