127
Uchinchi gurux uchun tarqatma material.
2-yo‘nalish Jon R.Kommons
(Asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy asoslari»(1924), «Institutsional iqtisodiyot.
Uning
siyosiy
iqtisoddagi
o‘rni»(1934),»Jamoa
faoliyatining
iqtisodiy
nazariyasi»(1950)asarlarida bayon qilinadi).
U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konsepsiyalar to‘g‘risidagi
qoidalarning
o‘zaro qorishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari «odil bo‘lmagan
rag‘bat» illatiga olib kelayotganligi sababli, almashuv munosabatlari odil bo‘lishini
ta’minlash, raqobat xavfini yo‘qotishni davlatning
yuridik - qonun organlari
vositasida hal etish mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi. «Sotsial nizo» ta’limotida
nizolarning
antogonistik(kelishtirib
bo‘lmas) emasligini,
ularning jamiyat
evolyutsiyasining harakatga keltiruvchi omil ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm
o‘rtasidagi munosabat- kelishuv bo‘lib, bu kelishuv: nizo, o‘zaro ta’sir va yechimdan
iborat bo‘ladi.
U jamiyatda ijtimoiy
- qarshiliklar kuchayishi,ya’ni konfliktlarni yuridik
kelishuvidan boshqa narsa emas deb hisoblaydi. Jamoatchilik
fikri nazoratidagi
iqtisodiyotni demonopolizatsiya qiladigan hukumat tuzumi zarurligiga ishonadi.
Mulkni o‘z shakliga (moddiy, nomoddiy), qarz va qarz majburiyatlari ) va ko‘rinmas
(qimmatli qog‘ozlarga) ajratadi. Birinchi o‘ringa ishlab chiqarish emas muomala
sohasi qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: