Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Genetika

6-r a s m.
Drozofilada jinsiy xromosomalarning irsiylanishi.
Erkak va urg‘ochi organizmlarning bir-biridan farq qiluvchi xro- 
mosomalari 
jinsiy xromosomalar
deyiladi 
(6 —7-rasm).
U rg‘ochi va erkak organizmlar kariotipini sitogenetik analiz 
qilib ularning faqat bir jufti farq qilishi aniqlangan. Bunday xro­
mosomalar 
geteroxromosomalar
deyiladi 
va lotincha X va Y 
harflari bilan belgilanadi. K o‘pchilik turlarda urg‘ochi organizmda 
bir xil XX jinsiy xromosomalar, erkak organizmida esa har xil — 
XY xromosomalar kuzatiladi. Qolgan ham m a xromosomalar 
auto-
somalar
deyiladi (ular erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil 
b o ‘ladi). U rg‘ochi jins kariotipida jinsiy xromosomalar bir xil 
b o ‘ladi, ular bir xil gametalarni hosil qilgani uchun 
gomogametali
deyiladi:
2AXX
AX 
AX
Erkakning jinsiy xromosomalari har xil bo‘lib, ikki xil gametalarni 
hosil qilganligi uchun 
geterogametali
deyiladi:
2AXY


27
7-r a s m.
Odamlarda jinsiy irsiylanish.
Jinsiy xromosomalar bir-biridan kattaligi, shakli va genlarning 
tarkibi bilan farq qiladi. X xromosoma Y xromosomaga nisbatan 
ancha katta, shuning uchun uning ko‘p genlarning Y xromoso­
m ada allellari yo‘q.
Jinsiy xromosomaga joylashgan genlar orqali nasldan naslga 
beriluvchi belgilar jinsga bog‘liq belgilar deyiladi. Hozirgacha 
asosan X xrom osom aga bog‘liq belgilar yaxshi o ‘rganilgan. 
Yuqoridagi rasmda gemofiliya kasalligining irsiylanishi ko‘rsatilgan 
(8-rasm).
O dam da X xrom osom aga b o g ‘liq belgilarga daltonizm , 
gemofiliya (resessiv), tish emali qo‘ng‘ir rangda b o ‘lishi (dom i­
nant) misol b o ‘la oladi. Y xromosomaga bog‘liq belgilar kamroq. 
Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol b o ‘la oladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Genlarning birikishi deb qanday hodisaga aytiladi?
2. Birikish guruhi nima? Har bir turda birikish guruhlari sonini 
qanday aniqlash mumkin?


28
Genetika
3. Nima uchun birikish to ‘la yoki chala bo‘lishi mumkin?
4. Genlar orasidagi birikish kuchi nimaga bog‘liq?
5. Krossover va nokrossover gametalar haqida nimalarni bilasiz?
6
. Genlar orasidagi masofa qanday birlik bilan o‘lchanadi?
7. Geteroxromosomalar va autosomalar nima?
8
. Geterogametali va gomogametali organizmlar genotiplari 
yozuvda qanday ifodalanadi?
9. Gemizigotalikning mohiyati nimadan iborat?
10. Jinsga bog‘liq belgilar deb nimaga aytiladi?
M asalalar
1. N orm al rang ajratish geni (dom inant) va daltonizm geni 
(resessiv) X xrom osom ada joylashgan. D altonik erkak kishi 
sog‘lom ayolga uylanganda oilada daltonik qiz tug‘ildi. O ta-ona 
genotipini aniqlang.
2. Y xromosomaga bog‘liq b o ‘lgan gipertrixoz belgisi bola 17 
yoshga to ‘lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli 
resessiv belgi b o ‘lib, X xromosoma bilan bog‘liq. H ar ikkala belgi 
b o ‘yicha norm al ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisi- 
ga ega b o ‘lgan o ‘g‘il tug‘ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi
8-r a s m.
Gemofiliya kasalligining irsiylanishi.


29
b o ‘lishi mumkinmi? Ikkita belgi b o ‘yicha norm al farzand tug‘ilishi 
mumkinmi? U qanday jinsli b o ‘ladi?
3. D altonizm va kar-soqovlik belgilari resessiv belgilardir. 
D altonizm geni X xrom osom ada, kar-saqovlik geni autosomada 
joylashgan. D altonik va kar-soqov erkak sog‘lom ayolga uylan- 
ganda oilada bitta o ‘g ‘il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, 
lekin norm al eshitadigan b o ‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala bel­
gisi b o ‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
4. Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylash­
gan dom inant gen tom onidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o ‘zaro 
to ‘liq bog‘langan (krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi b o ‘yicha 
geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip b o ‘yicha 
qanday avlod kutish mumkin?
5. O dam da rezus — omil geni bilan eritrotsitning shaklini bel- 
gilaydigan gen birikkan holda nasldan naslga o ‘tadi. Ularning 
orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus — musbat va elliptot- 
sitoz (eritrotsitning ellips shaklida b o ‘lishi) ga nisbatan geterozigo­
tali b o ‘lgan erkak rezus — manfiy va norm al eritrotsitli ayolga 
uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipi foizini aniqlang.
Test topshiriqlari

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin