4
KIRISH
Bugungi kunda dunyo bo„yicha tokzorlarning umumiy maydoni 7 mln. 546
ming
gektarni, yalpi uzum hosili 62 mln. tonnani tashkil etmoqda.
Yetishtiriladigan uzum hosilining asosiy qismi – 83% vino tayyorlash, 12%
yangiligicha iste‟mol qilish va 5% quritish (mayiz) uchun ishlatiladi. Dunyo
bo„yicha yyetishtirilgan uzumning 31 mln tonnasi Yevropaga, 12,5 mln. tonnasi
AQSHga, 13,5 mln. tonnasi Osiyoga, 3,1 mln. tonnasi Afrikaga va 3,1 mln. tonnasi
Avstraliya va Yangi Zelandiya mamalakatlari ulushiga to„g„ri kelib, uzum
hosildorligi o„rtacha 82,2 s/ga ni tashkil etmoqda.
Xozirgi kunga kelib
O„zbekistonda yalpi uzum hosili 1,6 ming tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda,
dunyoning uzum yetishtiruvchi mamlakatlarida uzum hosildorligini oshirishda
yangi navlarni yaratish va eng maqbul agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Pishgan uzum sarxilligida yeyiladi. Undan mayiz, qiyom, shinni, sharbat,
kompot tayyorlanadi. Sharbatidan vino va konyak olinadi. Olimlar 1 litr uzum
sharbati kaloriyasi bo„yicha 1,7
litr sigir sutiga, 650 gramm mol go„shtiga, 1 kg
baliqqa, 300 gramm pishloqqa, 500 gramm nonga, 3–5 dona tuxumga, 1,2 kg
kartoshkaga, 3,5 kg pomidorga, 1,5 kg olma, nok
yoki shaftoliga ekvivalent
ekanligini isbotlashgan. Demak, tomorqasida uzum yetishtirayotgan oila go„sht,
sut, non va boshqa oziq - oqvat mahsulotlarini kamroq sotib oladi, kamroq pul
sarflaydi. Uzum nafaqat ovqat, balki yurak-tomir, asab,
oshqozon-ichak, kam
qonlik, sil va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda ishlatiladigan nodir meva
hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo bo„yicha mayiz ishlab chiqarish hajmi 1,220 mln.
tonnani tashkil etmoqda. Bu borada Turkiya (353,167 ming tonna), AQSH
(332,760 ming tonna), Eron (122,595 ming tonna), Gretsiya (72,861 ming tonna),
CHili (51,128 ming tonna), Janubiy Afrika (37,049 ming tonna) kabi davlatlar
etakchilik qilmoqda. Yalpi mayiz ishlab chiqarish bo„yicha O„zbekiston jahonda
yettinchi o„rinni egallab (32,893 ming tonna) kelmoqda va unda germiyonning
ulushi 8-10 ming tonnani tashkil etmoqda. Mamlakatimizda germiyon mayizini
ishlab chiqarish hajmini oshirish tashqi bozorda raqobatbardosh bo„lgan mahsulot
eksporti hajmini oshirishga imkon beradi.
Respublikamizda so„nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish
hajmi, ularning assortimenti va eksport salohiyatini tubdan oshirishga alohida
e‟tibor berilmoqda. O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha
Harakatlar strategiyasining Qishloq xo„jaligini modyernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirishga
bag„ishlangan 3.3-bandida ham
«
...mamlakat
oziq-ovqat
5
xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish»
masalalari alohida belgilab qo„yilgan.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi PQ-4549-
son
«
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog„ini
yanada rivojlantirish, sohada
qo„shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar
to„g„risida
»
gi, 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son
«
O„zbekiston Respublikasida
meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar
to„g„risida
»
gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
«
O„zbekiston
Respublikasini
yanada rivojlantirish bo„yicha harakatlar strategiyasi to„g„risida
»
gi, O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4161-son
«
O„zbekiston
Respublikasi Qishloq xo„jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni
rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to„g„risida
»
gi Farmon va Qarorlari
uzumchilik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi jon boshiga yiliga 15 kg uzum ishlab
chiqarilishi kerak. Mamlakatimiz tibbiyot olimlari respublika aholisining uzum
iste‟mol qilish normasini 25 kg ga oshirishni tavsiya qiladi.
Lekin, bugungi kunda aholi jon boshiga yil davomida 12
kg uzum ishlab
chiqarilmoqda.