Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tok ekinining rivojlanish davrlari



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
2.1.Tok ekinining rivojlanish davrlari 

 
 
Tayanch iboralar: Ko„p yillik, daraxtsimon ekin, katta rivojlanish sikli, 
yillik o„suv fazalari, tinim davri, shira xarakati, kurtak chiqarish, gullash fazasi, 
novdalarning o„sishi, mevalarning pishishi, novdalarning pishishi, barg to„kilishi, 
sovuqdan shikastlanish.
 
Tok ekini ko„p yillik daraxtchil ekin bo„lib, butun o„suv davrini 2 ta siklga bo„lish 
mumkin: Katta rivojlanish sikli va kichik rivojlanish sikli. Katta rivojlanish sikli 250-
300 yilgacha davom etishi mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan ahamiyatli bo„lgan toklar 
50-60 yoshgacha bo„lgan toklar hisoblanadi. Chunki, shundan so„ng tokning 
hosildorligi yildan yilga kamayib boraveradi. 
Kichik rivojlanish sikli tokda yillik o„suv fazalarini va tinim davrini o„z ichiga 
oladi. Tok har yili 6 ta o„suv fazasini boshidan kechiradi. Tuproq harorati 8-9 
o
C, havo 
harorati 10 
o
C bo„lganda toklarda shira harakati boshlanadi, 
1-o„suv fazasi
- 10-15 kun 
davom etadi. Bunda toklarning shikastlangan joylaridan suv oqadi, Shuning uchun xalq 
tilida tokning ko„z yoshi ham deb yuritiladi. Oqayotgan suv tarkibida 1-2% gacha 
quruq modda bo„ladi, fanda shiraning oqishini salbiy ta‟siri yo„q deb Yoziladi. Lekin, 
dehqonchilik tajribasida tokning shirasini iloji boricha oqizmaslikka harakat qilinadi, 
Chunki tok «charchaydi» deb yuritiladi. Shuning uchun, bu davrda hech qanday 
agrotexnik tadbirlarni o„tkazish tavsiya etilmaydi. 
2-faza
- Kurtak chiqarish va 


16 
novdalarning o„sish fazasi. Bu fazada kurtaklar paydo bo„lishi bir oygacha, 
novdalarning kuchli o„sishi esa ikki oygacha davom etadi. Bu davrda, bir yillik 
novdalarda mavjud bo„lgan kurtaklar asta-sekin bo„rtib o„sa boshlaydi. Kurtaklar och 
yashil rangda bo„lib, juda mo„rt bo„ladi, salgina tegilsa ham, tushib ketishi mumkin. 
So„ngra novdalar tez o„sa boshlaydi. Dastlabki davrlarda xatto bir kunda novdalar 10 
sm gacha ham o„sishi mumkin. Novda uzunligi 15-20 sm ga etganda, uchinchi va 
to„rtinchi barg qarshisida boshlang„ich gul to„plamlari paydo bo„ladi. 
3-faza
– gullash 
fazasi. Bu faza 14-15 kun davom etadi. Tok gullari juda mayda bo„lib, shingil (ro„vak) 
gul to„plamiga joylashgan. Har bir shingil gul to„plamida 200 tadan 1500 tagacha gullar 
bo„ladi. Ularning gullaganini faqat gul kosachasini tashlaganidan bilish mumkin. 
Tok gullarining faqat 30 % i changlanib meva beradi, qolgani to„kilib ketadi. 
Gullar 6-kun changlanadi. Shuning uchun, tok gullaganda havo tinch, shamolsiz bo„lsa 
sun‟iy yo„l bilan changlantirish kerak. Agarda kuchli shamol, yomg„ir bo„lsa ham, gul 
changi yuvilib, yaxshi changlanmay qoladi. 
4-faza
mevalarning o„sish fazasi. Bu faza 
ertapishar navlarda 20-30 kun, kechpishar navlarda 50-60 kungacha davom etadi. 
Gullar changlangandan boshlanib, toki g„o„ralar paydo bo„lib «hol otgunga» qadar 
davom etadi. Bu vaqtda mevalar sezilarli darajada tez o„sadi, mevaning shakli va 
og„irligi ortib boradi. Mevalar to„q yashil rangda bo„lib, eti qattiq bo„ladi. Biokimyoviy 
tarkibiga ko„ra kislotali juda yuqori bo„ladi, Shuning uchun bu fazada mevalarni 
iste‟mol qilib bo„lmaydi. 
5-faza
– Mevalarning pishish fazasi. Bu faza ertapishar 
navlarda 20 - kun va kechpishar navlarda 50-60 kun davom etadi. Bu fazada mevalar 
nav belgisiga qarab rangini o„zgartira boshlaydi, po„sti yupqalashib, eti yumshaydi. 
Mevalarning pishishi ikki xil bo„ladi: texnik pishish va fiziologik (to„la) pishish. Texnik 
pishgan paytida mevalarni qantdorligi ortib kislotaligi kamayib, iste‟mol uchun yaroqli 
bo„ladi. Shuning uchun, mevalar to„liq pishmasdan, shu davrdan boshlab mevalarni 
ho„l holda iste‟mol qilish mumkin. To„la pishganda esa mevalarning tarkibidagi qand 
(shakar) miqdori maksimal darajaga etadi, kislotaligi esa minimal darajada kamayadi. 
Har qaysi nav uzum mevasi nav belgisiga qarab o„z rangiga ega bo„ladi, ularning 
og„irligi ham maksimal darajaga etadi. 
6-faza
– Bir yillik novdalarning pishishi va barg 
to„kilishi. Bu faza ko„pincha tashqi muhit omillariga bog„liq bo„lib, ba‟zi yillarda tok 
bu fazani o„tmay ham qolishi mumkin. Chunki, O„zbekiston sharoitida eng birinchi 
qattiq sovuqlar oktyabr oyining boshlarida kuzatiladi. Shu davrgacha tok novdalari 
pishmagan va barglari to„kilmagan bo„lsa, sovuqdan shikastlanib nobud bo„ladi. 
Shuning uchun agrotexnika tadbirlarini agronom o„z vaqtida tugatib, tok ekiniga bu 
oxirgi fazani o„tashi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Bunda, mineral o„g„itlarni erta 
berib tugatish, avgust oyidan keyin esa tokni umuman sug„ormaslik. Agarda shu 
tadbirlar kechiktirilsa, tok birinchi sovuqlardanoq shikastlanishi mumkin.


17 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin