18
mevalari qizil, qora, to„q rangda bo„lsa qizil rangga o„tib xazon bo„ladi. Bu paytda
bargda bo„lgan barcha plastik moddalar novdaga o„tib,
barg bandi bilan novda
o„rtasida probka qavati paydo bo„ladi va barg to„kiladi. Shuning uchun, xazonrezgilikni
o„tagan tok tuplarida qishga chidamliligi ancha yuqori bo„ladi, bu fazani o„tamagan
tuplarga nisbatan. 6-faza tugagandan so„ng, ya‟ni oktyabr oyiga borib toklar tinim
davriga o„tadi. Tokda tinim davri 2 ga bo„linadi: birinchi-asosiy tinim davri (oktyabr,
noyabr, dekabr oylari davom etadi) va majburiy tinim davri (yanvar, fevral, mart
oylarida). Asosiy tinim davrida tok chuqur tinim davrida bo„ladi, majburiy tinim
davrida esa tok qulay sharoit bo„lishi bilanoq uyg„onishi mumkin. Tokning erta, oxirgi
sovuqlar o„tmasdan uyg„onishi salbiy hol hisoblanadi. Chunki tok uyg„ongandan so„ng
sovuq havo takrorlansa hamma uyg„ongan kurtaklarni yoki ko„kargan novdalarni sovuq
urishi mumkin. O„zbekiston sharoitida bu hol bir necha yilda bir marta kuzatiladi.
Shuning uchun, tokning iloji boricha zarur chora-tadbirlarni ko„rib, uyg„onishga
qo„ymaslik kerak.
Shularni e‟tiborga olib, bo„lg„usi mutaxassis tokning o„sish
va rivojlanish
qonuniyatlarini, uning tashqi muhit omillariga talabini o„rganishi uchun har bir
xo„jalikda fenologik kuzatishlar olib borish, ya‟ni yillik o„suv fazalarining boshlanishi
va o„tishini aniqlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: