Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
Muhokama uchun savollar: 
 
1. Tok ekini qaysi oila, avlod va turga mansub? 
2. O„zbekistonda ekiladigan uzum navlari tokning qaysi turiga mansub? 
3. Tok qancha rivojlanish davrlarini boshdan kechiradi? 
4. Tokda katta rivojlanish va kichik rivojlanish sikli deganda nimani tushunasiz? 
5. Tokning yillik o„suv fazalari qanday fazalardan iborat va ularning davom 
etishiga ta‟sir ko„rsatuvchi omillarni ayting? 
6. Tok ekinini tashqi muhit omillariga (issiqlik, tuproq, biologik va antropogen) 
munosabati va ularni boshqarish yo„llari qanday? 
 
 
 
 


22 
3. TOK EKININING TASHQI TUZILISHI. MORFOLOGIYASI 
 
3.1.Tok yer osti qismlarining (ildizlarining) tuzilishi va rivojlanishi 


 
Tayanch iboralar - Tokning yer ostki qismlari, tokning kundasi, yer tok, voish, 
so„rilarda o„stirish, tok ildizlari, yuza-shudring shimuvchi ildizlar, yon ildizlar, asosiy 
ildizlar
,
popuk ildiz, o„q ildiz, skelet va o„suvchi ildizlar,
ularning morfologiyasi
rivojlanish xususiyatlari. 
 
 
 
Tok ekini ko„p yillik daraxtchil ekin bo„lib, boshqa daraxtchil ekinlardan 
o„zining barqaror shakliga ega emasligi bilan farq qiladi. 
 
Tokning qismlarini o„zaro 
bog„liqligini va tashqi omillar ta‟sirida o„zgarishini bilgan holda etishtirishning ilmiy 
agrotexnikasini keng ishlab chiqish mumkin.
Tokning kundasi o„stirish usuliga qarab har xil balandlikda bo„lishi mumkin. 
Masalan, yer tok holida o„stirilganda 30-50 sm, voish va so„rilarda o„stirilganda esa 2-3 
m gacha va ortiq bo„lishi mumkin. Ko„p yillik novdalari, ya‟ni qo„llari shakl berish 
usuliga qarab 5-6 va 7-8 tagacha bo„lishi mumkin. Bir yillik novdalari esa boshqa 
daraxtchil ekinlardan farqli o„laroq bir necha metrgacha o„sishi mumkin. Tokda jami 
qoldirilgan ko„zlar 100% deyilsa, shularning 70% gachasi ko„karib chiqadi va ko„k 
novda beradi. Barcha ko„kargan novdalarni 100% desak, xo„raki navlarda 30-32% 
hosildor shoxlar, vinobop navlarda esa 60% gacha hosildor shoxlar bo„ladi. Tokning yer 
osti qismlariga ildizlari kiradi. Ildizlarning asosiy vazifasi tuproqdan suv va oziq 
moddalarni o„zlashtirib, yer ustki qismlariga yyetkazib berishdir. Bundan tashqari, 
fotosintez hodisasi uchun zarur bo„lgan karbonat angidrid gazini ham ildizlari orqali 
yetkazib beradi. Tok ildizlari kuchli o„sganligi, chuqur kirib borishi va so„rish 
kuchining yuqoriligi bilan boshqa daraxt ekinlaridan farq qiladi. Tokning 
qurg„oqchilikka chidamliliga asosan ildizlari ta‟sir ko„rsatadi. Tok ildizlari vegetativ 
yo„l bilan qalamchalaridan ko„paytirilganda popuk ildiz holida o„sadi, agarda urug„idan 
ko„paytirilsa o„q ildiz holida rivojlanadi. Tok ildizlari 3 kismga bo„linadi: yuza-
shudring shimuvchi ildizlar, yon ildizlar va asosiy ildizlar. Yuza ildizlar yer osti 
kundasining yuqori qismida paydo bo„ladi, asosan tuproqning yuza, haydalma qavatida 
joylashadi. Ular kalta va nozik bo„ladi, har yili paydo bo„lib tuproqning yuza qismida 
joylashadi. Yon ildizlar yer osti novdasidan rivojlanib, gorizontal holda rivojlanadi, ular 
nisbatan uzunroq bo„ladi. Asosiy ildizlar esa eng chuqurda joylashgan bo„lib, asosiy 
vazifani bajaradi. Tokda asosiy ildizlarni kuchli o„stirish uchun tajribada yuza ildizlari 
olib tashlanadi. Tok ildizlari bir necha tartibgacha shoxlanadi I,II,III va h.k. 
Tok ildizlari tuzilishiga ko„ra va bajaradigan funksiyasiga qarab skelet va 
o„suvchi ildizlarga bo„linadi. O„suvchi ildizlar esa Yosh, popuk holda, nozik, oq rangda 


23 
bo„ladi va tuproqdan suv va oziq moddalarni o„zlashtirib oladi va ularda organik 
moddalar sintezlanadi. 
Ildizlarning rivojlanishiga tuproq sharoiti katta ta‟sir qiladi. Yumshoq va 
unumdor tuproqli yerlarda ular yaxshi rivojlanib, unumsiz shag„al-toshli, sho„rlangan 
va botqoq tuproqli yerlarda ildiz tizimi zaif rivojlanadi. Yerni ekishdan oldin sifatli 
tayyorlash tok ildiz tizimining tez o„sishiga yordam beradi. Yerni chim bosishi, kichik 
me‟yorda tez-tez sug„orib turish qator oralarini yuza yumshatish, ildizlarni yuza 
qavatida rivojlanishiga sabab bo„ladi. Yerni chuqur ishlaganda ular uzilib ketishi 
mumkin. O„g„itlangan tuproqlarda ildizlar, o„g„itlanmagan tuproqlarga nisbatan kuchli 
rivojlanadi. Shunday qilib, yerni tegishlicha ishlash, sug„orish, o„g„itlash va boshqa 
agrotexnika tadbirlarni bajarish tufayli ildizlarning o„sishi va faoliyati uchun va binobarin 
tupning yaxshi o„sishi, yuqori hosil olish uchun qulay sharoit yaratiladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin