Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Tokni tez usulda, ko„k qalamchalaridan ko„paytirish xususiyatlari



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
4.3. Tokni tez usulda, ko„k qalamchalaridan ko„paytirish xususiyatlari 
Tokning juda katta qimmatli bo„lgan navlarini tez ko„paytirish maqsadida oddiy 
usul bilan bir qatorda, ularni 1-2 kurtakli ko„k qalamchadan ko„paytirish usuli ham 
bor. Bir yoki ikki kurtakli yog„ochlashgan yoki ko„k qalamcha maxsus tuvakchalarda 
o„stirilib, ildiz otgandan so„ng (maxsus parnik yoki issiqxonalarda) asosiy tokzorlarga 
ekiladi. Ko„chatni parvarishlash o„ziga xos usulda bajariladi. 
4.4.Tokni payvandlab ko„paytirish 
Madaniy navlarini payvandlash uchun o„stirilgan urug„ ko„chatlar va 
vegetativ 
yo„l bilan ko„paytiriladigan turlar payvandtag deb ataladi. 
O„simliklarning payvandtakka ulanadigan qismi (kurtak, band, novda) ga 
payvandust deyiladi.
Payvandtagning payvandust bilan mahkam birikib, yaxshi bitib ketishi 
muhimdir. Payvandtag uzoq yashaydigan, ildizlari baquvvat, yaxshi taralgan 
bo„lib, turli zararkunanda va kasalliklarga imkoni boricha chidamli bo„lishi kerak. 
Payvandtaglar kelib chiqishiga ko„ra – urug„ ko„chatdan va vegetativ yo„l bilan 
ko„paytiriladigan turlar (klon shakllari) ga; o„sish kuchiga ko„ra, kuchli, o„rtacha 
va kuchsiz o„sadigan turlarga bo„linadi. 
Kuchli o„sadigan payvandtaglar asosan urug„dan; o„rtacha – kuchsizlari esa 
vegetativ usulda ko„paytiriladi. Urug„dan ko„paytirilganda biologik xususiyatlariga 
(o„sishi, tashqi muhitga chidamliligi va hokazo) ko„ra payvandtaglar bir xil 
bo„lmaydi. Shuning uchun ularni tanlash kerak. Vegetativ payvandtaglar o„z 
xususiyatlari va belgilariga ko„ra bir xil bo„ladi. 
 
Tok ekini payvand qilinganda payvandtag va payvandustning mos kelishi, 
namlik, havo haroratining qulay bo„lishi, payvandlangan ko„chatlar atrofida havoning 
yaxshi aylanishi hamda payvandtag va payvandustning Yosh, o„suvchan bo„lishi


35 
payvandning tutuvchanligidagi asosiy ko„rsatkichdir. Tokni payvandlash asosan ikki 
muddatda amalga oshiriladi, dastlab qishki payvandlash ob - havo sharoitiga qarab 
yanvar oxiri fevral oylarida. Yozgi payvandlash may - iyun oylarida o„tkaziladi. 
Yozgi payvandlashda tokning yashil qalamchalaridan foydalaniladi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin