47
5-rasm. Kallaksimon shaklli
tok tupi
qo„llanilmaydi, faqat tomorqalarda, yo„l yoqalarida bu usulda o„stirilgan toklarni
uchratish mumkin.
Turkmanistonda hozirgacha bu usul qo„llaniladi. Tok ekinini o„tqazishga 3 yil
qolganda tok ekish sxemasiga muvofiq tut daraxti ekiladi, 3 yildan so„ng
tokni
ekadigan yili, tutning novdalarini o„sish nuqtasi kesib tashlanadi,
tanasining barcha
qismidan po„sti ajratiladi va shundan so„ng daraxtlarning yoniga tok ko„chatlari
ekiladi va keyinchalik shu daraxtlarga bog„lab o„stiriladi. Bu hududlarda tok
ko„milmasdan o„stiriladi, Shuning uchun bu usulni qo„llash mumkin.
Tokni qoziqlarga olib o‘stirish.
Tokni bu usulda o„stirishda novdalari bitta yoki
bir necha qoziqqa bog„lanadi. O„zbekistonda bu usulda toklar o„tqazilgandan
keyin
faqat birinchi-ikkinchi yillari qoziqqa bog„lab o„stiriladi. Tok tupini bitta qoziqqa
bog„laganda novdalar qalinlashadi va soyalanadi.
Shuning uchun, novdalarni ikkita
qoziqqa bog„lab ko„tarilgani yoki bo„lmasa tup yaqinidagi narvonchaga ko„tarilgani
ma‟qul. Bu usulni kuchli o„suvchi tok navlariga tavsiya qilib bo„lmaydi.
Dostları ilə paylaş: