Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Toklarni yer tok holida o‘stirish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
 
6.3.Toklarni yer tok holida o‘stirish. 
Bu o„stirish usuli tokchilikda qadimdan qo„llanilgan. Bu usulda tok tupi 
tirgovuchsiz, maxsus qilingan egatlarga (pushtaga) bemalol joylashadi. 2,8 m 
kenglikdagi egatlarga tuplar bir qator qilib o„tqaziladi. Bir gektar yerga 600 tadan 
1100 tagacha tok joylashadi. Egatlar orasidan eni 2 m gacha bo„lgan ariqlar olinadi. 
Tuplar tanasiz yoki yerga yoyilib o„sadigan 5-6 ta zang bo„lgan past tanali qilib 
shakllanadi. Zanglari ariqdan chekka tomonga elpig„ichsimon shaklda taraladi. 
Tokning rivojlanayotgan yer ustki 
qismlari ko„p joylarda yerga tegib 
turadi. 
Tok tuplarini bu usulda 
o„stirish, asosan suv bilan yetarli 
ta‟minlanmagan 
va 
tokning 
kishmish navlarini etishtirishga 
ixtisoslashtirilgan 
janubiy 
hududlarda qo„llaniladi. 
Chet mamlakatlarda tokni so„riga 
ko„tarmay o„stirish usuli asosan 
issiq va quruq iqlimli - Xitoy
Eron, Afg„oniston va Turkiyada 
qo„llaniladi. Tokni tirgovuchsiz 
o„stirish 
usuli 
birmuncha 
mo„tadil iqlimli joylarda ham 


48 
amalda sinab ko„rilmoqda. Masalan, Fransiyaning ko„p tumanlarida 40-50 sm 
tanali tok tuplari hech qanday tirgovuchsiz va bog„lanmasdan o„stiriladi. 
Tok tuplarini yer tok holida o„stirishning bir qancha ijobiy tomonlari bor: 
qimmat turadigan tirgovuchlarga ehtiyoj bo„lmaydi va tok oddiy parvarish qilinadi
kuz-qish erta bahorgi davrlarda chuqur ariqlarga suv qo„yish natijasida tuproqda ko„p 
miqdorda nam zapasi to„planadi, bu yer Yozgi sug„orishlarni kamaytiradi; fotosintez 
uchun yaxshi sharoit yaratiladi. CHuqur ariqlar bo„lishi sababli ayeratsiya va 
tuproqning qizishi yaxshilanadi. 
Shu bilan birga tokni so„riga ko„tarmay o„stirish usulining salbiy tomonlari ham 
bor. Bu usulda Yoz davrida yerga mexanizatsiya yordamida ishlov berishga imkon 
bermaydi. Tokning novdalari, kurtaklari va to„pgullari bahorgi sovuqdan ko„p 
zararlanadi. Tok zarakunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish qiyinlashadi va 
murakkablashadi. To„pgullar barglar bilan juda to„silib ketganligi, to„liq 
changlanmasligi sababli siyrak uzum boshlari miqdori ko„payib ketadi. Uzum 
boshlari nam yerga tegib turganidan chirib ketish hollari ham uchraydi. 
Tokni bu usulda o„stirish yangidan barpo qilinayotgan tokzorlarga tavsiya 
etilmaydi, faqat yaxshilangan taqdirdagina qo„llash mumkin.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin