52
yilda sug„oriladigan tokzorlarda qator oralariga poliz ekinlari, ertagi kartoshka va ertagi
sabzavotlar ekish mumkin. Oraliq ekinlar tokni siqib qo„ymasligi
uchun ular tok
qatoridan 0,5 m nariga ekiladi va ular qo„shimcha o„g„itlanadi, hamda sug„oriladi. Tok
novdalari qishgacha pishishi uchun sentyabr oyidan boshlab
qator oralaridagi ekinlar
sug„orilmasdan qo„yiladi.
Yosh toklar birinchi yili 10-12 marta, ikkinchi yili 8-10 marta va uchinchi yili 6-8
marta sug„oriladi. Qish oylarida bir-ikki marta nam to„plash uchun ham sug„oriladi.
Yosh tokzorlarni o„rtacha o„g„itlash me‟yori quyidagicha: azot-90, fosfor-50-60,
kaliy-30 kg gektariga ta‟sir etuvchi modda hisobida beriladi.
Dostları ilə paylaş: