Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127
 
 
 
9-rasm. Katta yelpig„ichsimon shakl (Rizamat Musamuxamedov usuli) 
Vertikal simbag„azlar tokzor barpo qilingandan ikkinchi yili quriladi. Birinchi 
yili bir yoki ikki qator sim tortiladi. 
So„ri (vertikal simbag„az) qurish uchun ustun, sim va xarsangtosh ishlatiladi. 
Ustunlar yog„ochdan, temir-betondan va boshqa materiallardan tayyorlanadi. 
Qo„shma ustunlardan ham foydalaniladi- yerga ko„miladigan qismi temirdan yoki 
temir-betondan, yuqori qismi-yerdan yuqorisi esa yog„ochdan qilinib, yerga 


50 
ko„miladigan qismga biriktiriladi. Ustunlarning vazni engil bo„lishi uchun g„ovak 
qilinadi. Odatda, diametri 2,5 mm dan 4 mm gacha bo„lgan ruxlangan sim ishlatiladi. 
Simbag„azlarni o„rnatishda asosiy ustun va tagliklar (chetki ustunlar 70-80 sm, 
oraliqlari esa 55-60 sm) chuqurlikka ko„miladi. Ustun o„rnatiladigan chuqurlar 
belkurakda kovlanadi, ammo maxsus burg„u va chuqur kovlagichlardan foydalanilsa, 
ish unumli bo„ladi. 
Oraliq ustunlarga sim osish uchun ma‟lum oraliqda (40-50 sm) ilgaklar qilinadi. 
Asosiy ustunlarda ilgak bo„lmaydi. 
Jami qator oralari 2,5 m qilib ekilgan tokzorlarda 1 gektarga simbag„az o„rnatish 
uchun jami, 80 ta chetki ustun, 440 ta oraliq ustun, 740-1000 kg gacha sim (2,5 mm 
li), 1200 ta xalqa va chetki ustunlar uchun 80 ta yakor talab qilinadi. Agar qator orasi 
3 m li tokzorlar bo„lsa bu ko„rsatkichlar: 66, 330 ta oraliq ustun, 66 ta yakor kerak 
bo„ladi. 
Tokzorlarda oziqlanish maydoni va bo„shliqdan unumli foydalanish hamda 
uzumdan mo„l va sifatli hosil olish uchun tok tuplariga ma‟lum shakl beriladi. Shakl 
berish o„stirish usuli bilan chambarchas bog„liq va tok ekilgan hududdagi tuproq iqlim 
sharoiti hamda navning biologik hususiyatlariga ko„p jixatdan tobe bo„ladi. Tok 
tupiga shakl berish asosiy tanasiga, ko„p yillik novdasi (zangi) soniga, uzunligi va 
yo„nalishiga hamda novdalarni butash va bog„lash tipiga qarab belgilanadi. O„tgan 
yilgi va yashil novdalarni butash, tirgovuchlarga bog„lash yordamida zarur bo„lgan 
shakl hosil qilinadi. Tuzilishiga ko„ra, shakl berish g„oyat turli tuman bo„lib, ba‟zi 
vaqti murakkabga o„xshaydi, biroq ular umumiy elementlardan iborat bo„ladi. 
Shakl berishning bir necha xillari bo„lib, ular quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
1.
Tok zangi biologiyasining hususiyatlarini hisobga olgan xolda joyning iqlim 
va tuproq sharoitiga mos kelishi; 
2.
Muhitning noqulay sharoiti ta‟siriga bog„liq ravishda hosilning nobud 
bo„lishini oldini olish, ularning sovuq va qora sovuqlardan zaralangan tuplarini juda 
oddiy va tez tiklashga yordam berishi: 
3.
Ajratilgan 
oziqlanish 
maydonidan 
tuplarning 
to„liq foydalanishiga 
agrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishga imkon berish: 
4.
O„sish sharoitini yaxshilashga muvofiq ravishda kurtak va novda bilan 
tupning yukini osonlik bilan oshirish; 
5.
Yillik o„sishni to„g„ri va bir tekis taqsimlash va bu bilan tup yorug„lik hamda 
havoning bemalol kirishini ta‟minlash, uning barg yuzasining fotosintez faoliyati 
uchun qulay sharoit yaratish; 
6.
Kam miqdorda yara-chaqalar qilib, tupda asosiy zang chiqarishga tupning 
hosil berishini to„xtamasdan uning ayrim qismlarini yoshartirishga imkon berishi; 


51 
7.
Har yili mo„l va sifatli hosil olish hamda tupda kelgusi yil hosili uchun etarli 
miqdorda yaxshi pishgan novdalar bo„lishini ta‟minlashi; 
8.
Tokni qishda ko„mish qulay bo„lishi; 
9.
Ishlab chiqarish jarayonlarini keng mexanizatsiyalashtirishga imkon berishi 
kerak. 
Tok tupiga asosan kallaksimon, bir va ikki tomonli, kosasimon, kordon va 
yelpig„ichsimon shakl beriladi.
Toklarga shakl berish asosan tok ko„chatlari o„tqazilgandan birinchi yilidayoq 
boshlanadi va keyingi yillarda shu shakl saqlab qolinadi. 
Yer tok holida o„stirilganda asosan kosachasimon shakl beriladi. 
Vertikal simbag„azlarda o„stirilganda esa to„la elpig„ichsimon kundali, to„la 
yelpig„ichsimon kundasiz va yarim yelpig„ichsimon shakl berish usullari qo„llaniladi. 
Hozirgi kunda intensiv tokzorlarda tokka yarim elpig„ichsimon shakl berish usuli eng 
samarali hisoblanadi. Chunki bu shakl berilganda toklarni mexanizatsiya yordamida 
ko„mish va ochish, kesish ishlarini ham mexanizatsiya yordamida bajarish imkonini 
beradi. Bu shakl berish usulini K.P.Skuin taklif etgan. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin