5.2. Yerni ko„chat ekishga tayyorlash, ko„chat ekish muddatlari usullari, texnikasi
va ko„chat qalinligi
Tok ko„chatining tutib ketishi, Yosh tok ko„chatlarining o„sishi, hosilga kirish vaqti,
hosildorligi, uzoq yashashi va muhit sharoitiga chidamliligi yerni ekin ekishdan oldin
ishlashning sifatiga bog„liq. Yerni tayyorlash quyidagilardan: tekislash, oldin ekilgan
ekinni o„g„itlash, tik yon bag„rlarini tyerrassalash, sug„orish va drenaj sistemalari qurish,
kartalarni mustahkamlashda yerni ag„darib haydash va daraxt hamda butalar bo„lsa ularni
kovlash va boshqalardan iborat.
Zarur ishlar bajarilgandan so„ng yer 50-60 sm chuqurlikda palaxsalarni to„la
ag„darib haydaladi. O„zbekistonda tok sug„oriladigan sharoitda yerni ko„chat
o„tqazishdan oldin ag„darib haydash, chuqur qilib yumshatish va oddiy haydashga
qaraganda tuproqning fizik xossalarini bir muncha yaxshilanishiga yordam beradi, shu
bilan zanglarning yaxshi tutib ketishini va baquvvat bo„lib rivojlanishini ta‟minlaydi.
Yerni yilning istalgan vaqtida ag„darib haydash mumkin, uni kamida 3-4 oy
qolganda bajarish ma‟qul, bunda tuproqning yumshatilgan qavati cho„kadi va ularning
kapillyarlari tiklanadi. Agar ko„chatlar bahorda o„tkaziladigan bo„lsa, yerni kuzda
haydash ma‟qul, bahorda esa diskalash yoki boronalash kerak.
Tosh yuzaga chiqib qolmasligi uchun shag„alli qatlamli yer yuzasiga yaqin
joylashgan yerlarda ag„darib haydalmaydi.
Unumsiz tuproqli yerlarga ag„darib haydashdan avval gektariga 30-40 t go„ng,
600-1000 kg supyerfosfat va 250 kg kaliyli o„g„itlar solinishi lozim. Quruq va bo„z
yerlarga tok ekishdan oldin o„g„it solmasa ham bo„ladi.
43
Maydonni ko„chat ekish uchun taqsimlashdan oldin tok tupining oziqlanish
maydoni, ya‟ni qatordagi tuplar va qatorlarning orasi (ekish qalinligi) belgilanadi. U
tuplarning o„sishi va hosilga kirishi uchun eng qulay sharoit yaratishi va yerni hamda
toklarni parvarish qilish bo„yicha kompleks mexanizatsiyani qo„llashga imkon berishi
kerak. Tok o„tqazish qalinligi tabiiy sharoitga, nav tarkibiga, tuplarning o„sish kuchiga va
ularni parvarish qilishga bog„liq. Yer qancha unumdor bo„lsa, tuplar qancha kuchli o„ssa,
ularning oziqlanish maydoni shuncha katta bo„ladi. Unumsiz (shag„alli va boshqa xil)
tuproqli yerlarda oziqlanish mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyati hisobga olinadi.
Shuning uchun yerni maxsus bog„-tokzorlar traktori (KDP-35, KD-35) bilan ishlashda
qatorlar orasi tik simbag„azlar uchun kamida 2-2,5 m, tok o„stirishning boshqa usullari
uchun va kuchli traktorlar bilan ishlaganda 3-3,5 m gacha bo„ladi. O„zbekistonda toklarni
qishda qalin ko„mish talab etiladigan shimoliy tumanlarda qatorlar orasi 3 m bo„ladi.
Sug„oriladigan tokchilik sharoitida esa qatorlar orasi 2,5-3 m bo„lishi kerak deb qabul
qilingan.
Tok ildizining rivojlanish tezligi va tarqalish xarakteri ko„p jixatdan o„tqazish
qalinligiga bog„liq. Tuplar oralig„i 1,5 m bo„lganda ildizlarning ko„p qismi qo„shni tuplar
tagiga joylashadi va ko„pincha ularning ildizi bilan chirmashib ketadi. Tuplar oralig„i 3 m
bo„lganda ildizi odatda oziqlanish maydonida joylashadi.
Tokning o„sish kuchiga qarab maydon taqsimlanib chiqadi. Taqsimlash uchun 2 ta
105 m li tross, 2 ta temir qoziqlar, o„lchov metrlari, ko„chat joyini belgilash uchun cho„p
qoziqchalar (talab qilingan sonda) kerak bo„ladi.
Maydon taqsimlab chiqilgandan so„ng, belgilangan joylarda ko„chat o„tqazish
uchun chuqurlar (o„ralar) kovlanadi. Ularning diametri 60 sm, chuqurligi esa tuproqning
mexanik tarkibiga qarab yengil tuproqli, qumoq yerlarda 60 sm, og„ir tuproqli yerlarda
45-50 sm bo„lishi lozim.
Tokni kuzda va bahorda ekish mumkin. Kuzda oktyabr oyidan boshlab, sovuq
tushguncha davom ettiriladi. Bahorda esa tuproq holati ekish uchun yaroqli bo„la
boshlagandan to ko„chatda kurtaklar Yozila boshlaguncha ya‟ni aprelning ikkinchi o„n
kunigacha davom ettiriladi. Ko„chatlar qancha kech o„tqazilsa, ular yomon ko„karadi.
Agar yer muzlamagan bo„lsa, tok ko„chatlarini qishda harorat noldan yuqori bo„lgan iliq
kunlarda ham o„tqazish mumkin.
|