Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Muhokama uchun savollar:
1.
Tokni qaysi usullar bilan ko„paytirish mumkin? 
2.
Tok ishlab chiqarishda qaysi usul bilan ko„paytiriladi? 
3.
Tok qalamchalarini qaysi tokzorlardan, qachon va qanday tayyorlanadi? 
4.
Qalamchalar qishda qanday saqlanadi? 
5.
Tok qalamchalarini ko„chatzorga ekish muddatlari, usullari va ularni 
parvarishlash ishlari nimalardan iborat? 
6.
Tok qalamcha ko„chatlari qishda qanday saqlanadi va tokzorga ekish uchun 
qanday tayyorlanadi?
 
 
2- amaliy mashg„ulot. Tokni ko„paytirish. Qalamchalar tayyorlash
va ularni hisoblash 
Ishning maqsadi
.
Talabalarni tokni ko„paytirish usullari, tok qalamchalarini 
tayyorlash, saqlash, qalamchalarni ko„chatzorga ekish va ko„chat etishtirish kabilar 
bilan tanishtirish. 
Materiallar va jihozlar:
1. A.A.Ribakov va boshqalar. “O„zbekiston uzumchiligi”, Toshkent, 1969. 
2. Sh.Temurov. «Uzumchilik». Toshkent 2002 yil. 
3. Г.С.Морозова. Виноградарство с основами ампелографии (практический 
курс). Москва, 1978 г.
4. Ампелография Узбекистана, Т., 1989. 
5. Tok qalamchalari, tok qalamchalari tayyorlashda ishlatiladigan asboblar, 
jadvallar, ko„chatlar, amaliy mashg„ulot topshiriqlari. 
Asosiy tushunchalar:
Tokzorlarning hosili ko„pincha o„tkaziladigan 
materialning sifatiga bog„liq. 
Tok urug„idan va vegetativ qismlari (poyasi, qalamchalari), Shuningdek 
parxishdan va payvand yo„li bilan ko„paytiriladi. Vegetativ ko„paytirishda tok 
o„tqazilganidan 2-3 yildan keyin, urug„idan ekilganda esa tok anchagina kech hosilga 
kiradi. Xo„jalik sharoitida tok qalamchalarini parvarish qilish yo„li bilan o„stirilgan 
ko„chatlardan ko„paytiraladi. 


38 
Tok ekini ishlab chiqarishda asosan vegetativ yo„l bilan qalamchasidan 
ko„paytiriladi. Qalamchalar kuzda bir yillik novdalar pishgandan so„ng, tokni kesish 
paytida tayyorlanadi.
Tok qalamchalari maxsus ona tokzorlardan tayyorlanadi. 
Qalamchalar kasallanmagan me‟yoriy talablarga javob beradigan bir yillik 
novdalardan tayyorlanadi. Xo„jalik uchun kerakli bo„lgan aholi talabiga javob 
beradigan uzum navlaridan ko„paytiriladi. 
Novdalarning yuqorigi, juda ingichka, yomon pishgan qismidan qalamcha 
tayyorlanmaydi. Hosil bermaydigan novdalardan bu maqsad uchun foydalanib 
bo„lmaydi. Qalamchalarning uzunligi 50-60 sm, vinobop navlar uchun esa 40-45 sm 
bo„ladi.
Tok kuchli o„stirilganda qalamcha ikki marta ko„p uzunlikda 100-120 
sm dan qilib tayyorlanadi, bunda ular o„tqazishga tayyorlanayotganda teng ikkiga 
bo„linadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin