Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


-rasm. Tok qalamchasi (а) va



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
 
3-rasm. Tok qalamchasi (а) va 
qalamchalar boylami (b) 
bo„lgandan so„ng, hosilsiz ortiqcha novdalar xomtok qilib tashlanadi. Qo„ltiq novdalar 
o„sgan sari xomtok qilinadi. Yashilligida novdalar simbag„azga bir tekis taraladi. 
Bunda yer yaxshilab ishlanishi lozim, bunday agrotexnika tok novdalarining tez 
o„sishini va gektaridan 150 mingtagacha qalamcha olishni ta‟minlaydi. 
4.2. Tok qalamchalarini tayyorlash va saqlash 
O„zbekistonda qalamchalarni kuzda bir yillik novdalar pishgandan so„ng yoki 
erta bahorda tok uyg„ongunga qadar tayyorlash mumkin. Agar tok qishda ko„milsa, 
qalamcha kuzda tok kesish bilan bir vaqtda tayyorlanadi. 
Qalamchalar sof navli ko„chatlar etishtiriladigan tokzorlarda standart navlardan, 
kasallanmagan va zararkunandalar shikastlamagan toklarning yaxshi pishgan bir yillik 
novdalaridan tayyorlanadi. 
Novdalarning yuqorigi, juda ingichka, yomon pishgan qismidan qalamcha 
tayyorlanmaydi. Hosil bermaydigan novdalardan bu maqsad uchun foydalanib 
bo„lmaydi. Qalamchalarning uzunligi 50-60 sm, vinobop navlarda qalamcha diametri 
8-10 mm, xo„raki va kishmish navlarda 
esa 10-15 mm bo„lishi kerak. Bo„g„im 
oraliqlari 6 dan 12 sm gacha bo„ladi. 
Tayyorlangan qalamchalar qo„ltiq 
novdalardan, jingalaklardan va uzum 
boshlarining bandidan tozalanadi hamda 
yuqori uchini bir tomoni pastki uchini 
ikkinchi tomonga qaratib taxlanadi. 
Bunda pastki uchi kurtak ortidan to„g„ri 
qilib, yuqorigi uchi bo„g„im oraliqlari 
o„rtasida egri qilib kesiladi. So„ngra ular 
200 tadan qilib yig„ilib, yumaloq sim 
yoki tol novdalari bilan ikki joyidan 
bog„lanadi va albatta qalam bilan 
navining 
nomi, 
qalamchalar 
soni 
Yozilgan fanyer yoki yupqa taxtachadan 
yasalgan belgi osib qo„yiladi. Tok kuchli 
o„sganda qalamchalar ikki marta ko„p 
uzunlikda 
100-120 
sm 
dan 
qilib 
tayyorlanadi, 
bu 
ular 
o„tkazishga 
tayyorlanayotganda teng ikkiga bo„linadi. 
Tayyorlangan qalamchalarni oftobda qoldirmaslik kerak, Chunki ular qurib qoladi va 
tok ko„chatzoriga o„tkazilganda yomon tutadi. Shuning uchun, ularni shu zaxotiyoq, 
а 
б 


33 
juda bo„lmaganda vaqtincha nam yerga ko„mib qo„yish kerak. Bir necha xil tok 
qalamchalarni tayyorlashda ishchi faqat ma‟lum nav qalamchalarni kesadi va har bir 
nav qalamchalar alohida-alohida bog„ qilib bog„lanadi. 
Tokzorlarda tayyorlangan qalamchalar sof navli va yuqori sifatli bo„lishi uchun 
hosil yig„ishtirib olinguncha aprobatsiya va yalpi seleksiya o„tkaziladi, ya‟ni yaxshi 
tokzorlar tanlanadi, u yerda har bir tup tok aniqlanadi va belgilab qo„yiladi. Bir xil 
navga kiruvchi toklarning yaxshi va yomon belgilariga qarab ajratiladi. Tuplarga baho 
berishda novdalardagi har xil rangli yoki har xil shakldagi belgilar, turli raqamlar va 
shunga o„xshashlar asosida belgi qo„yiladi. 
Xo„jalik miqyosida ko„chatzor barpo etish uchun sifatli sof navli ko„chatlar 
etishtirish, Shuningdek mavjud ko„chatzorlardagi kam hosil toklarni serhosillari bilan 
almashtirish natijasida hosildorlikni oshirish maqsadida yoppasiga seleksiya 
o„tkaziladi. 
Yalpi seleksiya ishlari ko„chatlar navining sofligiga qarab, yomon xossali, 
uncha yaxshi bo„lmanganlarining, foydali xossalarga ega bo„lgan ko„chatlarning esa 
yaxshi belgilari bo„yicha o„tkaziladi. Agar tokzorda asosiy standart navning 
hosildorligi 75% dan kam bo„lsa, tuplarning umumiy xolati va hosildorligi yaxshi 
bo„lsa, yomon va aralash xossali tuplarni belgilash qulay bo„ladi. Bunday holda 
qalamchalar belgilanmasdan tayyorlanadi. Aralash navlar kam bo„lgan tokzorlarda 
belgilangan tuplarni kovlab olish va hosil bo„lgan chuqurlarga qo„shni tuplardan 
parxish novdalar yotqizish yo„li bilan bir yildayoq sof navli qalamchalar 
etishtiriladigan tokzorlarga aylantirilishi mumkin. 
Agar tokzorda bir vaqtning o„zida bir necha navning qalamchalari tayyorlansa, 
har bir nav uchun har xil shakldagi yorliqlardan foydalanadi. Yalpi seleksiya 
o„tkazilganda tok tuplari har yili belgilanadi, bunda sim bilan osilgan yorliqlar uch-
besh yil saqlanadi. 
3 yil mobaynida juda hosildor deb belgilangan toklardan qalamcha alohida 
tayyorlanadi. Ular qalamcha etishtiriladigan seleksion tokzorlar uchun ko„chat bo„la 
oladi . Yorliqlarni zanglarda bir necha yil davomida saqlash, Shuningdek tanlashda 
belgilangan tuplarni yo„qotmaslik muhimdir. Buning uchun har bir tup haqida 
ma‟lumot Yoziladi. 
Tayyorlangan qalamchalar o„tqazilguncha shamoldan to„silgan sizot suvlari 
ko„pi bilan 1,5-2,0 m yuzada bo„lgan va chetroq joylardan maxsus o„ra chuqurlarda 
saqlanishi lozim. O„ralarning chuqurligi 65-70 sm, kengligi va uzunligi saqlanadigan 
qalamchalar soniga (1 m yuzaga 2,5 mingta qalamcha hisobda) bog„liq bo„ladi. Tok 
qalamchalarini joylashdan oldin chuqurlarga suv qo„yiladi. Suv shimib ketgandan 
so„ng qalamchalar bog„-bog„ qilib, naviga qarab, vertikal ravishda pastki qismini 
yuqoriga qaratib joylanadi. Bog„lar va qalamchalar orasidagi bo„sh joylarga yumshoq 


34 
tuproq sepiladi. Har bir nav tok qalamchalari uchun alohida o„ralar kovlash kerak yoki 
navlar bir-biridan keng yer to„siq bilan ajratiladi. Joylangan qalamchalar 40 sm gacha 
qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. Chuqurda yerigan muz yoki yomg„ir suvlari 
siljimasligi uchun uning atrofida suv oqib ketadigan ariqlar kovlanadi. Chuqur 
bekitilgandan so„ng navni nomi va qalamchalar soni Yozilgan yorliqli qoziqlar qoqib 
qo„yiladi. Qalamchalar chuqurda erta bahorgacha saqlanadi. Ularni joylash bilan bir 
vaqtda chuqurning yo„nalishi, qalamcha bog„larini naviga qarab joylash tartibi va 
qalamchalar soni daftarga Yozib boriladi. 
Bahorda chuqurlar ochiladi va qalamchalar tekshirib chiqiladi. Yaxshi 
saqlangan qalamchalar ko„chatzorga o„tqazish uchun yuboriladi, mog„or bosgan, 
qurib qolgan kurtaklari bilan birga muzlab qolgan qalamchalar yaroqsiz deb topiladi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin