Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Uzum boshi, g„ujumi, urug„i



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Uzum boshi, g„ujumi, urug„i.
Gul tugunchalari meva – g„ujum bo„lib
rivojlanadi. G„ujum meva bandidan uzil-gandan so„ng, uning o„rnida naysimon
tolalar bog„lami ko„rinadi. To„pgulli uzum boshiga, to„pgulning bandi uzum boshi
bandiga, shoxlangan to„pgul o„qi gultojga aylanadi. Uzum bo-shining bandi qisqa
va uzun bo„ladi. Uzun bandli uzum boshlari kalta bandlilarga qaraganda tupidan
oson uziladi. Ba‟zi navlarda uzum boshining bandlar yog„ochlanadi, boshqalarida esa
ular hamma vaqt o„tsimon, yashil bo„ladi. Uzum boshining shakli va uning zichligi
gultojning shoxlanish darajasi va g„ujumlar soniga bog„liq bo„ladi. Uzum boshlari
silindrsimon, silindr – konussimon shaklda, bo„lakchali, shoxlangan bo„ladi. Ular
zich, o„rtacha va g„ujumlar qisilgan hamda deformatsiyalanganda, juda zich, 
bo„sh, juda bo„sh bo„lishi mumkin. 
Katta-kichikligiga qarab uzum boshlari katta, o„rtacha va kichik bo„ladi. 
Uzum boshining kattaligi va zichligi tokning navigagina emas, balki ekologik
sharoit, agrotexnika, changlanish sharoiti, tugunchalarning to„kilishi va meva tugish
darajasiga ham bog„liq. 
Gul va mevalar to„kilib ketsa, g„ujumlari kam bo„lgan bo„sh uzum boshlari
hosil bo„ladi. Novdada sho„ra qancha ko„p bo„lsa, birinchi uzum boshlarining
o„rtacha og„irligi shuncha katta va o„rtacha hosil shuncha ko„p bo„ladi.
Uzumning urug„i mayda, odatda noksimon shaklda, yuqori qismi yumaloq
va pastki qismi tumshuqqa o„xshab chizilgan bo„ladi. 
Tashqi tomondan u pishiq (tashqi va ichki) po„st bilan qoplangan. Bu po„st
tagida endospyerm va murtak bo„ladi. Endospyerm urug„ unib chiqayotgan vaqtda
murtak foydalanadigan oziq moddalar murtak urug„ning tumshuqchasiga
joylashgan, u ikkita urug„ pallali bo„ladi, ular orasida uchki kurtakcha, poya va
ildizcha bo„ladi. Agar barcha urug„ kurtaklar urug„lansa, mevada 4 ta urug„
bo„ladi, lekin ko„pincha 2-3 ta urug„ bo„ladi, Chunki barcha urug„ kurtaklar
urug„lanmaydi. Urug„siz mevalar ham uchraydi, bu tugunchalarning urug„lanishi
va murtak xaltachasining rivojlanish xarakteriga bog„liq. 
Vazifa
: 1. Tok yer ostki qismi, ildizlarining tuzilishi va rivojlanishini
o„rganish, qisqacha ta‟rif Yozish va rasmini chizish. 
2.
Tokning yer ustki qismlarining tuzilishi va rivojlanish xususiyatlarini
o„rganish. 


31 
3.
Tok gul tiplari (qo„sh jinsli, funksional urg„ochi va Erkak gullari)
tuzilishini o„rganish. 
4.
Uzum boshlarining shakli, meva shakli, rangi hamda uzum boshining
mexanik tarkibini o„rganish. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin